Imom afandi - huquqshunos
Imom afandi davom etdi:
-Men huquq fakultetida o'qiyotgan paytlarimda tanishgan edim. Ko'p foyda oldim. Dunyoqarashim kengaydi. Qalbimdagi shubha va andishalar ketdi.
To'xta, to'xta.Demak, Imom afandi - huquqshunos. Buni qarang. Ham imom, ham huquqshunos. , shu qadar nazokatli va mehribon inson. Hecham tushunolmayman, ba'zan asabiylashaman ham. Bu dindorlar meni ko'p ajablantirishadi. Goho mutaassib odam maktabni tark etib, qizlar oviga chiqadi. Menga shu holni tushuntirib bering-chi... Imomning rafiqasi kun bo'yi meni tashlab ketmadi. Butun mehribonchiligni va muhabbatini berib men bilan ko'p suhbatlashdi. Imom afandi, bilimdon, madaniyatli kishi edi. Hamma u kishidek bo'lsa, na dahriylik na jamiyat muammolari bo'lardi. Ruhiyatshunos kabi insonni o'ziga yaqin olar, muammolarimni iliqlik bilan tinglar, chuqur o'ylab, qo'rslik qilmay javob qilardi. Bu usulga faqat imomlar emas, balki o'qituvchilarning ham ehtiyoji bor. Agar o'qituvchilar bola va o'smir ruhiyatini bilsalar edi, hech kim maktabdan qochmas edi. Hech kim o'qishga yoshlikdan behafsala bo'lmasdi. Kaltak bilan, tahdid bilan insonni tarbiya qilib bo'ladimi? Avvalo, bolaning, o'smirning qalbiga kirib, uning mehrini qozonish yo'llarini o'rganishsa, muammo qolarmidi.Xuddi imom afandi kabi. Suhbat davomida biroz asabiylashdim:
-Johillar, eraksionerlar va eski odamlar bizlarni shu ko'yga solishdi. O'z holimizhca yashashga qo'yishmadi, -dedim.
Men dindor odamalrni ayblamoqchi emasdim. Ammo meni noto'g'ri tushunishdi. Imom afandi ayoliga bir qarab oldi. Lekin ikkisi ham javob bermadi. Biroz tortinishdi. Men xato qilganimni angladim. Tuzatmoqchi bo'ldim, lekin nimadan so'z boshlashni bilmasdim. Imom afandi o'ta nazokat bilan:
-Aysel, qizim, senga bir nima deyishga haqqim yo'q, -dedi Bizlar aybdormiz, to'g'ri gapirding. Biz dindoalr har bir harakatimiz bilan boshqalarga o'rnak bo'lishimiz kerak. Bizlar ko'p bilgan, ko'p o'qigan to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi insonlar bo'lishimiz lozim. Imom afandi o'ta kamtar kishi edi. Shu bois men battar tortinar edim. Men mahmadonalik qilib qo'ydim. Uyida mehmon bo'l, senga bag'rini, ko'nglini ochsin-u, sen uni "aqidaparast", "reaksioner" deb aybla. Bu qnaday bedodlik.Gar u oddiy qo'pollik bo'lsa ham.Bunday qilish hech mumkin emasdi. Bu mening telbaliklarimdan biri, xolos. Onamning omonatlarini olib ketishga jasorat qilolmadim. To'g'rirog'I, o'zimni munosib ko'rmadim. Mendek nopok, gunohga botgan, or-nomusi toptalgan bir qizning Qur'oni karimni olib ketishga haqqi yo'q. Imom afandidan iltimos qildim. U kishi ularni qabul qildi.
-Sneda qolsa, juda yaxshi bo'lardi, senga kuch bag'ishlardi, tayanch bo'lardi, -dedi, ammo men bunaqa qiz emasdim. Meni kuzatib qo'yishdi. Bir vaqt Imom afandining ayoli sumkamga qo'l solgandek bo'ldi. Bu ham Onado'liga xos nazokat edi. Keyin qarasam, biroz pul slogan ekan. Ikki enlik xat ham bor:"Biz seni juda yoqtirib qoldik. Sen jannatlarga loyiq bir qizsan. Har qanday qayg'uli onlaringda, sevinchli kunlaringda do'st kabi senga quchoq ochishga hozir ekanimizni unutma".
Ko'zlarim yoshga to'ldi. Qanday yaxshi odamlar. Shunchalik yaxshi bo'lish zarurmi sizlarga? To'g'risi, qalbimni, mehrimni oldingiz. Yuragimni sizga qoldirdim. Umid qilamanki, sizlarni yo'qlaydigan darajada sof va pokiza bir tuyg'u haligacha qalbimga begona emas. Ammo qayerda u...Bu qahqirlar davrasida sof va pokiza qolish mumkinmi? G'uborli hislarim bilan o'zimni bu yerda begonadek sezdim. Ajoyib, pokiza va huzurbaxsh muhitni buzishga haqqim yo'q edi. Shuning uchun barcha sirlarni ortda qoldirib, yo'lga chiqdim. Yana sovuq chehralar, jirkanch rejalar to'la manfaatlari har narsadan ustun bo'lgan bir muhitga qochayotgandeim. Baxtsiz inson baxtiyorlikni ham his etolmaydi. Ko'ramiz, "jondek aziz do'stlarim" menga yana qanday tuzoqlar qurisharkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |