Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Download 233 Kb.
bet4/31
Sana11.07.2021
Hajmi233 Kb.
#115844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi

Men bu g'urbatga tushdim tug'iiib,

Har kuni tobora suriimoqdaman.

Hech kecha ichingga marmar sochaman,

Bu sovuq joylarda siqilmoqdaman.

Shundayin sinovlarda qolgan paytimda,

Tunlarni bag'rimga olgan paytimda,

Ko'zlarim yumilib qolgan paytimda,

Yangidan yo'Uarga ko'z tikmoqdaman.

Hayotimning so'nggi ko'rinib qoldi,

Qolmadi bir qadam yo'lim oldingga Yuzini ko'rmasdan o'lolsam deya,

Ranjimoqdaman men, ranjimoqdaman.

Qishlog'imiz kichkina edi. O'n yil ichida yarim aholisi boshqa shaharlarga ko'chib ketibdi. Tanishlar yo'q. Faqat kiyimlarimga va kiyinishim uchun menga ters qaraydigan keksalar bor edi. Qishloqqa tushdan keyin yetib keldim. Horg'in, holdan toyib. O'n yildirki, umuman xabarlashmagan ikki qarindoshim bor edi. Amakimning xotini va ammam. Uylarini eslayman. Birinchi brogan joyim ammamning uyi bo'ldi. Eshik qulf, uy ancha avval tashlab ketilgan. Keksa bir amakini uchratib qoldim va undan ammamni so'radim. -Taniyman, Guluzor Xonimni, -dedi. Oxiratda opam bo'lsin. Juda yaxshi ayol edilar. Sizlarga umr bersin, bolam.

Karaxt bo'lib qoldim. Demak, ammam ham o'libdilar-da.Oilamizning so'nggi yodgori... O'lsinlar.to'g'ri odamlar. To'g'rilarning bu dunyo bialn nima ishi bor. Azaldan bu dunoy egrilarga qolgan, to'g'rilarga kun yo'q. O'lim xabarini eshitgach, ichimda bir narsa uzildi. Oh, o'lim, seni qanday yo'qotsam ekan. Sen mening eng sevimli insonlarimni olib ketding.

Keksa amaki meni tanimadi.

-Sen kimning qizisan?-dedi. Dadamning ismini aytganimda, qishloqqacha yoyilgan dovrug'imizni gapirdi.

-Tushundim, tushundim. Sen shu talofatlarga aralashgan qizsan. Nima ham derdim. Alloh panohida asrasin.

Bir narsalarni sezgandi. Balki men o'ylaganimdan ko'prog'ini. Chunki yomon xabar tez tarqaladi. Men haqimda nimalarni o'ylayotganini taxmin qilardim. Men bu qishloq uchun yaxshi qiz emasdim. Qariya gapida davom etdi:

-Dadang ham, oanng ham yaxshi odamlar edi. Ayniqsa, onang farishtadek bir ayol edi. Iymonli, tilida doim Qur'on. Qishloq qizlarini o'qitar, ularga dinni, diyonatni o'rgatar edi. Qariyaning qisqagina bir maktubini olgandim:"Yahshi bir otadan, dindor bir onadan qanday qilib bunaqa qiz bo'ldi. Sen ham oilangni, ham qishloqni yuzini qrao qilding". Ehtimol, qariya haqdir. Onam tirik bo'lib, meni shu holda ko'rsaydi, bundan boshqa narsa demasdi. Oh, onajonim! Siz tirik bo'lsaydingiz. Hurmatingiz uchun ham Qur'on ham namoz o'qirdim. Yoq'ligingiz kun sayin bilinmoqda. Bu hasrat boshqacha bir qayg'u. Siz qaytolmaysiz, bilaman...Ammo men yoningizga boraman. Ko'pam uzoq kutmaysiz... Bu dunoyda eng tinch joy qabrdir. U yerda "och bo'rilar" ortimdan quvlamaydi, izzat- nafsim, g'ururim bilan o'ynashmaydi.

Shular hayolimdan o'tarkan, qariya savol berishda davom etardi:

-Hozir nima qilyapsan, qizim?

-Litseyni bitirdim. Huquq fakultetiga kirdim.

-Ya'ni sudya, prokuror bo'lsanmi?

-Ha. Qariya ajablandi

-Yo, Alloh! Dunyo kimlarga qoldi-ya!

Keta boshladi. Ortidan chaqirdim:

-Amaki! Bir daqiqa.

To'htadi.

-Bu qishloqda mening amakim va xotini bo'lardi?

-U ham ketdi, bu ham ketdi, -deya qo'li bilan bir tarafni ko'rsatdi. U taraf qabriston edi. Demak, ular ham vafot etishgan. Demak, bu qishloqda endi hech kimim qolmagan. To'g'ri qabristonga yo'l oldim. Jon do'stlarim, qadrdonlarim, hayotim ildizlari u yerda yotardi. Mening kelganimni bilishmasdi. Men ularning tuproqlari, ustlaridan unib chiqqan o'tlar bilan suhbatlashaman, dardlashaman yo.

Bu ham yetmaydimi?

Qabristonga yo'nalganimda, meni bir hayajon, g'arib bir his, yuragimni titratuvchi bir tuyg'u qopladi. Go'yo sirli bir dunyoning ajib olamiga kirib borardim. Bir lahza butun hayollarim tin oldi. Atrofdagi hamma narsa men bilan birga qabristonga yo'naldi. U tomon go'yo bir qo'l meni oldindan tortar, ortimdan esa nimadir itarardi go'yo. Haligacha anglolmagan bir tuyg'u bilan ilgariladim. Ko'nglimda, yuragimda yashagan oilam tomon yurdim...


Download 233 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish