Ka'bada onamni ko'rdim
Mana shu payt o'sha voqeaning siri oydinlashdi. Qarshimdagi turgan devor, deraza, pardalar bir zumda yo'qoldi. Go'yo teatr pardasi ochilib, boshqa sahna ko'rindi. Faqat rasmlardagina ko'rganim - Ka'ba. Boshqa bir ko'rinishda men o'sha sahnada paydo bo'ldim. Minglab musulmonlarning "Allohu Akbar!Allohu Akbar!" degan nidoalri ichida Ka'baga qarab namoz o'qirdim. Kuchli hayajon, hayrat va jo'shqin tuyg'ular qo'ynida edim. Bu joining fayzi, lazzati butun tomirlarimga qadar yetib bordi. Ha, xuddi shunday olamon orasida edim. Bu hayol emas. Insonlar bilan ko'rishyapman, gaplarini eshityapman. Yo Rabbim! Nimalar bo'lyapti? Bu tush bo'lmasin, uyg'ongach tugamasin. Nogoh bir qo'l meni tutdi va "Bolam" deya quchog'iga oldi.
-Onajon.Siz?. . .
Yonida akam, Ammo dadam yo'q. So'rasam, yana o'sha javobni oldim:
-Haligacha hisobi tugamadi, eklgani yo'q.
Onamning to'yib bo'lmas hidini tuydim. Quchoqladim, hidladim, o'pdim.
-Onajon, siz qanchalar mehribonsiz. Akam bilan quchoqlashdim.
-Qizim, seni tabriklayman, -dedi onam. Sen Qu'ronni o'qiy boshlading, seni qutlayman. Meni iymonimni o'sha kitoblar qytqardi. Seni ko'p duo qildik. Biz har juma kuni Payg'ambarimiz sav bilan ko'rishamiz. Sen uchun necha marta Payg'ambarimizga sav yolvordim. "Unga iymon haqiqatlari nasib qiladi", deb mujda berdilar. Shukrlar bo'lsin. Seni kutayotgandik. Demak, Janobi Haq tavbangni qabul qilibdi. Yu, seni Payg'ambarimiz sav yonlariga olib boraman.
Allohim, men!. . . Mendek gunohkor, isyonkor bir qulmi shu? Sizga te'riflab berolmayman, Xojam. Chunki bardoshim yetmaydi. Payg'ambarimiz sav bilan uchrashdik. Bu gunohkor ummatini, qabul qildilar, meni odam safiga qo'shdilar.
-Seni muborak bir kunda chaqiramiz, -dedilar.
O'zimga keldim. Namoz o'qirdim. Bu qanday ikrom, qanday ehson...Qanday tushunish mumkin bu hodisani? Yo Rabbim! Meni shuncha ne'matlarga munosib ko'rding.
Haqiqatini ayon qil! Qo'limni bo'sh qaytarma. Hijolat qilma. Sening avfing va rahmating barcha gunohlardan xato va isyonlardan buyukdir. Ha, juda yaxshi tushundim, xojam. Albatta, muborak bir kunda hayot bilan vidolashish nasib qiladi...Muborak kun.Bu juma bo'lishi mumkinmi? Yaqinlashayotgan Baroat kechsi ham.Ikkisi ham juda yaqin. Yo'lovchiman.Go'zallar go'zali.Buyuklar buyugining roziligini topish yo'lidaman. Barcha gunoh, xato va isyonlarim bilan...Uning eshigiga borib, boshimni egaman. Balki, maktub yozib bitirolmasman. Toqatim tugadi, bardoshim so'ndi. Yana biroz dam olayin. Bugungi kun men uchun so'nggi faslning boshlanishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |