Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
“Men qalbi o’ksiklarning yonidaman” (Hadis)
Bu oyat va hadislar menga umid bag’ishladi. Qilgan xato va gunohlarim Allohning avfi
oldida hech narsa emasligini bildirib, ichimni yondirayotgan otashni biroz so’ndirgandek
bo’ldi. Allohga yaqin bandalardan biri bir odamga
shunday umidni yetkazgan, ”Yana
kel…yana kel!” deya da’vat qilgandi:Nima bo’lganida ham yana kel!Bu bizning
dargohimiz, umidiszlik dargohi emas. Yuz marotaba tavbangni buzgan bo’lsang ham
yana kel!!! Allomalarni biri aytganidek:”Har bir inson zimmasidaiymonli bo’lish yoki uni
to’qotish da’vosi bordir”. Bundan qochib qutulish, bu masalani eshitmaslik yoki u bilan
qiziqmaslik mumkinmi? Men shunday girdob ichidaman. Iymonli bo’lish da’vosi
nimaligini
butun borlig’im bilan jo’shib, titrab his qilyapman. Tobora o’limga yaqinlashmoqdamna.
Hozir shu eshik ochilib, boshqa bir zot ichkariga kirishi va o’zgacha natija bo’lishini
bilaman.
Eng oily maqsad Iymondir
Bu mehmonlarning mehmoni. Hayotning tugaganini e’lon qiluvchi farishta…nomi
qo’rqinchli bo’lsa-da, Allohning amrini bajaruvchi bir farishta…Noiloj boshimni ko’tarib,
“marhamat, kelin” deyman. Meni Allohga yetishtiruvchi so’nggi hamlani kutaman. Endi
juda yaxshi bilamnki, , insonning eng katta vazifasi,
eng buyuk maqsadi, eng katta
da’vosi iymonli bo’lishdir. Chunki so’nggi damda, bizga qo’l keluvchi iymondir. Hamma
narsa jim bo’lib, faqat iymon suhbatlashadigan so’nggi daqiqa. U paytda insonga hech
narsa yordamlashmaydi. Ne do’st, na o’rtoq, na go’zallik, na boylik…Hayot tushunchasini
ko’proq tushunib boryapman. Hayotning yagona ma’nosi bor, iymonni qo’lga
kiritish yoki
boy berish…Hamma hisob kitoblar shu asosda…Yordam ber, Yo Rabbim! Mendek bir
hayotini razil yo’llarda o’tkazgan ojiza qulingga yordam ber. Yuzim yo’q, uyatliman,
hijolatdaman, iztirobdaman. So’nggi kunlarimni, so’nggi daqiqalarimni o’tkazyapman.
Sendan boshqa yoronim, do’stim va suyanuvchim yo’q. Yana Senga hamdlar bo’lsin,
shukrlar bo’lsin.
Shularni ham bilmay, bundan ham chuqurroq botqoqlikda umrim tugasa
nima bo’lardi? Abadiy jahannmda qolardimku…Onamga, dadamga, akamga yetisha
olmasdim…Allohim!Bu dahshatni o’ylash ham kishini hayajonga soladi. Hurmatli Xojam,
sizga yozish yozmaslik xususida ikkilanganim bir voqeani boshdan kechirdim.
Assistentning qistovi bilan yozishga qaror qildim. Qur’onni o’rgana boshlaganimga sakkiz
kun bo’ldi. Endi o’zim o’qiy olaman. Asosan shomdan keyin
va bomdod namozidan oldin
o’qiyapman. Qur’onning ham, Javshanning ham ma’nolarini bilmaganim uchun ularning
har bir harfi mo’jizadek tuyular, dilimga rohat baxsh etardi. Qanchalik yengil
tortganimni, rohatlanganimni aytib berolmayman. Ishinishingizni xohlayman, “Qur’on”
yoki “Javshan” o’qiy boshlasam, og’ir qayg’ularim, iztiroblarim go’yoki beiz yo’qolardi.
O’qishni to’xtatsam yana boshlanardi. Bu Qur’onning mo’jizasi, Javshanning karomati
ekanligi aniq…
Kecha hayotimda bir voqea ro’y berdi. Haligacha uning ta’siridaman.
Uni bir shukr uchun
ham yozishim lozim. Bu voqeani eslasam, o’zimni yo’qotaman. Na barmoqlarimda, na
o’zimda quvvat qoladi. Butun vujudim hayajondan larzaga keladi. Yo Rabbim! Sen
buyuklar buyugi, har bir mazlumning, bechora, nochor va har bir qulning Homiyi,
madadkori, suyanchig’isan…Bu gunohkor qulingga tushda bo’lsa ham, bunday go’zal
tuyg’ularni berganing uchun Senga cheksiz shukronalar bo’lsin…Kecha
bomdod
namoziga tayorlanish uchun bir soat erta turdim, Qur’on o’qidim, rohatlandim. Ishtiyoq
bilan Rabbim huzurida qo’l bog’lab, namozni boshladim. Aytishga majburman, bu ikki