www.ziyouz.com
kutubxonasi
34
yaratgan. Insonlarga amri, irodasini bildirish uchun payg’ambarlar va kitoblar yuborgan.
Ne ko’rgulikki, ba’zi insonlar shaytonga qul bo’lib, nafslariga erk berib, dunyo lazzati va
zavqiga berilib, Allohni butkun unutishadi. Bunday insonlar hatto pashshaga diqqat bilan
boqsalar edi, uning qanchalik mo’jazaviy qudrat bilan yaratilganini ko’rishardi. Bunday
mo’jizalarda hamisha Allohning ilmi va qudrati namoyondir. Ammo johillar shaytonga va
nafslariga erk berishdi. O’ylamadilarki, insonning dunyoga keltirilishi qanday
mo’jizalarga boy bo’lsa, o’limidan so’ng qayta tirilib, hisob berishi ham shundaydir.
Insonni yaratgan qudrat Sohibiga uni takror tiriltirish hech qiyin emas!
Bu so’zlar mening fikrlarimga, dunyoqarashimga, hayotga munosabatimga achchiq va
ta’sirli javoblar edi. Bularning hammasini necha qaytalab o’qituvchilarimdan,
o’rtoqlarimdan eshitgan bo’lsamda, nega bunchalik ta’sirlanmadim? Har bir so’z, har bir
gap miyamda aks-sado berar, asli qarshilik qilishga yo’l qo’ymasdi.
-Onang seni ko’p duo qiladi, sendan xavotirda. Tayorlan, tavba qil!Allohdan kechirim
so’ra!Uning rahm-shafqati g’azabidan, jazosidan buyukdir. Allohga yolvor, xatolaringni
tuzat. Chunki sening umring juda qisqa qoldi.
Ko’z o’ngimda mayin ovozli, mehribon va nuli bilan xonani to’ldirgan ikki ayol g’oyib
bo’ldi. Faqat eshikning g’ichirlagani eshitildi, xolos.
Endi nima bo’ladi?
Allohim, endi men nima qilay? Nochor qolgan gunohkor bir qulingni bunday yordamga
loyiq ko’rganing uchun endi men nima qilay? Yig’layinmi? Faryod chekayinmi?O’zimni
ming marotabalab senga qurbon qilayinmi? Alloohim, shu choqqacha gunohdan,
razolatdan boshqa narsani bilmadim. Duo qilish, yolvorish, iltijo qilish, namoz
o’qish…Hech birini bilmayman. Terlab, hamma narsam shalabbo bo’lgan edi. Dahshatli
bir hayajon va qo’rquv ichida o’zimga keldim. O’rnimdan turdim. Ha, Alloh bor. Bu
olamning egasi U, biz Uning qulimiz. Ammo hech bir tafsilotni bilmayman. Nimadan va
qanday boshlayman? Nima bo’ladi, menga kim yordam beradi?
Faryodimga, qichqiriqlarimga hamshiralar yugurib kelishdi. Tabiiyki, ularga
ko’rganlarimni tushuntira olmasdim.
-Hech qisi yo’q, -dedim. Qo’rqib ketibman…
O’limim tobora yaqinlashmoqda. Boshim qotgan, xato qilganlarimni, egri yo’ldaligimni
aytib hayqiraman. Bu ko’rganlarimning hammasi men uchun oxirgi imkoniyat, so’nggi
fursat ekanini bilaman. Buyuk Alloh meni kutib turganini ham bilaman. Ammo yo’lning
oxiriga keldim, endi nima qilishni ham bilmay qoldim. Qorishiq fikrlar, ma’nosiz hayollar
tubida bir kuch topdim. Alloh…Ha, ilk marotaba bunday kuchli hayajonlasnih…Alloh!
Ehtimol hamma narsa tugab, butun shubhalar yo’qolganidan keyin bu kuch yuzaga
chiqayotgandir. Yoki boshqa choram yo’qligi uchun…Nima bo’ladi, biror kishi kela
qolsaydi. Men ketyapmanku. Kimdir menga Allohni, o’zimni va oxiratni anglatsaydi.
Nima bo’ladi endi? Hamshiralarga, doktorlarga yolvorardim.
-Amina ismli tibbiyot insitutida o’qiydigan bir dugonam bor. Uni topishim kerak,
ko’rishim kerak. U kelsin, nima bo’lsa ham, kelsin. Kelib menga tushuntirmoqchi bo’lgan,
ammo men tinglashni ham istamagan gaplarni aytsin. Endi ularning navbati keldi. Endi
o’sha gaplarga mutojman.
Aminani kutyapman. Hayotim davomida hech kim, hech narsani bu qadar intiqlik ila
kutmaganman. Niam bo’ladi, Allohim. Sendan biror narsa so’rashga yuzim yo’q. Ammo
onam, akam, menga yordamlashmoqchi bo’lgan yaxshi insonlar hurmati, o’lmasimdan
avval Aminani keltir…Bunday gunohkor holda huzuringga borishni istamayman. Bilaman,
og’ir-og’ir gunohlar qildim. Menga so’nggi marotaba imkon ber, Allohim…Birdan
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |