58-bob. Qaysi qo’shni yaqinroq bo’lsa...
107. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yo Rasululloh! Mening
ikkita qo’shnim bor , hadyani shulardan qaysi biriga berishim kerak?" - deb
so’raganimda, "qaysi bittasining eshigi senga yaqinroq bo’lsa, o’shanga berasan",
dedilar".
108-hadis 107-hadisdagi aynan takrori.
59-bob. Qo’shnichilikning hududi haqida
109. Hasan Basriy (r.al.)dan qo’shni haqida so’ralganda, u. shunday javob berdi:
"Hovlining old tomonidan qirq hovli, ort tomondan qirq, o’ng tomonidan qirq, so’l
tomondan qirq hovlining hammasi qo’shni hisoblanadi".
110. Abu Hurayra (r.a.): "Yaqindagi qo’shni qolib, uzoqdagiga yuugurilmaydi.
qo’shnichilik uzoqdagisi bilan emas, yaqindagisi bilan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |