52-bob. Ota farzandlariga yaxshilik qilishi haqida
94. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Alloh taolo qur'oni karimda yaxshi bandalarni abror, deb
maqtadi, chunki ular otalariga yaxshilik qilganlaridek, bolalariga ham yaxshilik qilgan
edilar. Sening bo’yningda otangning haqi bo’lganidek, bolangning ham haqi bor",
dedilar.
53-bob. Marhamatsiz kishiga marhamat qilinmaydi
95. Abu Said (r.a.) rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): "Marhamat ?ilmagan kishiga
marhamat qilinmaydi", dedilar.
96-97-hadislarda 91-hadis mazmuni takrorlangan, faqat ular Jobir ibn Abu Usmon
(r.a.)dan rivoyat qilingan. 90-hadis mazmuni esa, 98-hadisda aynan takror kelgan, u
Hz. Oyisha (r.a)dan rivoyat qilingani. 99-hadis mazmuni ham 90-hadis kabi, ammo uni
Abu Usmon Najdiy Hz. Umar (r.a.)dan rivoyat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |