Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Kishi do'stlari oldvda oyog'ini uzatishi yoki yonboshlashi haqida



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet404/443
Sana06.03.2021
Hajmi0,69 Mb.
#61004
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   443
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad (1)

573-bob. Kishi do'stlari oldvda oyog'ini uzatishi yoki yonboshlashi haqida 
 
1233. Shihob bin Ibod Asriy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yaqinlashib 
qolganimizda (tepalik-ka) ko'tarildik, yo'lda ulovini tezlatab, bizga yaqinla-shib 
kelayotgan odam bilan uchrashdik, u odam salom ber-di, biz alik oddik. So'ngra 
to'xtatib: "Qaysi qabiladan-siz?" - deb so'radi. "Abulqays (qabilasi) elchilarimiz", deb 
javob berdik. U kishi: "Marhabo, xush kelibsiz, men sizlarni poylayotgan edim. Sizlarga 
xushxabar berish uchun keldim. Kecha Rasululloh (s.a.v.) Mashriq tomonga qarab: 
"Mana shu tarafdan ertaga arablarning eng yaxshi elchi-lari keladi", degandilar, shuning 
uchun bu yerda sizlarni kutib turgandim. Tong ottach, yuklarimni tuyamga ortib, kun 
chiqquncha yo'l yurdim. Qaytmoqchi bo'lib turgandim, tuyalaringizning boshlari ko'rindi". 
Keyin u odam tuyasining jilovini burib, tezlatab ortiga qaygib, Ra-sululloh (s.a.v.)ning 
huzurlariga borgach to'xtadi. Ul zot-ning atroflarini muhojirlar va ansorlar o'rab olgan-
dilar. Hz. Umar (r.a.): "Ota-onam sizga fido bo'lsin, siz-ga Abulqays qabilasining elchilari 
xabarini keltir-dim", dedi. Ul zot: "Sen ularni qaerda (ko'rding), yo, Umar?" - deb 
so'radilar. Umar (r.a.): "Ana ular, izimdan kelib qolishdi", dedi. Umar (r.a.) shu gapni 
aytgach, Ra-sululloh (s.a.v.): "Alloh seni ham yaxshi xabar bilan xur-savd qilsii!" - deb 
duo qildilar. Rasululloh (s.a.v.) ridolari etagini qo'llari tagiga tashlib, yonboshlab, 
oyoklarini uzatib olgandilar. Elchilar kelishdi. Bundan muhojirlar ham, ansorlar ham 
xursand bo'ldilar. Elchi-lar Rasululloh (s.a.v.) va sahobiylarini ko'rib behad shod bo'lib, 
tezda yaqinlashdilar. Qavm kengaydi. Ashaj kech qoddi, uning asl ismi Munzir ibn Oiz 
ibn Munzir ibn Horis ibn Numon ibn Ziyod ibn Asar edi. U tuyalar-ni to'plab, cho'ktirib, 
ustidan yuklarini tushirdi va nar-salarini yig'di. So'ng yukdonini chiqardi, ustidan safar 
kiyimini yechib, (boshqa) libos kiydi. So'ngra ohista yurib keldi. Rasululloh (s.a.v.): 
"Sizlarning ulug'ingiz va boshlig'ingiz kim?" - deb so'radilar. Hammalari baro-bariga u 
(Ashaj)ni ko'rsatishdi. Ul zot: "U sayyidingiz-ning o'g'limi?" - deb so'radilar. Ular: "Uning 
ota-bobo-lari johiliyatda bizning sayyidlarimiz, ulug'larimiz bo'lishgan, uning o'zi esa 
Islomga boshlovchimizdir", deyishdi. Ashaj ishini tugatib, chetroqtsa o'tirmoqchi bo'lgan 
edi, Rasululloh (s.a.v.) to'g'ri o'tirib olib: "Bu yoqqa (kel), ey, Ashaj", dedi-lar. U o'sha 
kundan e'tiboran "Ashaj", deb atala boshlandi. Uni go'dakligida eshak te-pib yuborib, 
yuzida oyga o'xshash izi qojandi. U kelib ul zotning yoshgariga o'tirdi. Ul zot uni 
(sheriklaridan) fazilatliroq ekanligini bdlib, unga iltifot ko'rsat-dilar. Qavm ul zotga yaqin 
kelib (ba'zi narsalarni) so'ra-dilar. Ul zot ular so'ragan narsalarni bildira turib
so'zlarining oxirida "Yemishlaringizdan biron narsa qol-ganmi?" - deb so'radilar. Ular: 
"Ha", deb shoshilib o'rin-laridan turdilar. Ulardan har biri yuklaridan bor xur-molarini 
hovuch-hovuch qilib ul zot oldidaridagi matoga to'kdilar. Ul zotning ko'llarida ikki gazdan 
kaltaroq, bir gazdan uzunroq bir xurmoning bargsiz navdasi bor bo'lib, yurganlarida 
unga tayanardilar, goho-goho uni tash-lab ham ketardilar. Rasululloh (s.a.v.) ana shu 
tayoq bilan xurmo uyumiga ishorat qildilar va: "Buni azuz (shirin, qora xurmo) 
deysizlarmi?" - dedilar. "Ha", deyishdi. Ul zot: "Buni sarafon (yaxpt xurmo) deb 
ataysizlarmi?" - dedilar. "Ha", deyishdi. "Bunisini barzaniy (toza xur-mo), deysizmi?" - 
so'radilar yana. "Ha", deb javob be-rishdi. Ul zot: "Bu xurmozorlaringizning eng yaxshisi 
va eng pishganidir", dedilar". Ba'zi mahalliy oqsoqollar-dan biri bu hadisga shunday ilova 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish