389-bob. Orzu qilish haqida
902. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ke-chalarning birida uyqusizliqdan
qiynaldilar va: "Qani endi hozir sahobiylarimdan biri kelsa-yu, tuni bilan meni
qo'riqyaasa", dedilar. Shu payt qurol-yarog'ning sharaqlagan ovozini eshitdik. Ul zot:
"Kim u?" - dedilar. "Sa'dman, ey, Rasulalloh, sizni qo'riq-lash uchun keldim". dedi
kelgan kishi. Keyin Rasulul-loh (s.a.v.) uxladilar, hatto ul zotning xurrak to-vushlarini
eshitdik.
O'sha paytda Madinada tashqi va ichki dushmanlar xavfi kuchli bo'lib, ularning
nogahoniy hujumidan saqlanish kerak edi.
390-bobdagi 903-hadis 142-bobdagi 306-hadisning takrori.
Do'stlaringiz bilan baham: |