232-bob. Xotini xasta bo'lgan kishiga shafqat
522. Ibrohim ibn Abi Abladan rivoyat qiliqdi, u kishi aytdilar: "Xotinim betob bo'lib qoldi.
Shu vaqtda men Ummu Dardo (r.a.) oldilariga borardim. Ummu Dardo mendan: "Ahling
(xotining) qalay?" - deb so'radilar. Men: "Xotinim hamon betob", desam, u kishi menga
taom keltirib ovqatlantirib yuborardilar. Yana bir borganimda xotinimning holini
so'radilar. Men: "Biroz tuzalib qoldi", degan edim, Ummu Dardo: "Xotinim betob deb
yurganing uchun senga taom berar edim. Endi u tuzalib qolgan bo'lsa, men senga taom
berolmayman", dedilar".
Do'stlaringiz bilan baham: |