12.1. 1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan
muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar miqdori, trln. Soʻm (2017-yil 1.9
trln. soʻm, 2019-yil 1.5 trln. soʻm )
31
12.1.1-rasm ma’lumotlaridan koʻrinadiki, respublikamiz tijorat banklari
tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar miqdori 2019 yilda 2014
yilga nisbatan sezilarli darajada oʻsgan.
2019-yil qimmalbaho qogʻozlarning umumiy hajmi 25 trln. soʻmni tashkil
etdi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6% ga oʻsdi 605 ta aksioner jamiyati
mavjud boʻlib ularning 85% davlatga tegishli jamiyatdir. 105 ta aksioner
31
ЎР МБ расмий сайти маълумотлари асосида (
www.cbu.uz
).
155
jamiyatdan atigi 5% aksiya fond bozorida ishtirok etgan. Shuning uchun, aholi va
investorlar fond bozorida faolligi sust boʻlgan.
32
Ushbu holat tijorat banklari investitsion operatsiyalarini daromadliligiga va
ularni joriy likvidliligiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi.
Respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelida xorijiy valyutalarda
emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar mavjud emas. Demak, banklarni investitsiya
portfeli milliy valyuta-soʻmda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlardan iborat. Bu
esa, respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelini moliyaviy risklarga
taʻsirchanligini oshiradi. Bunda inflyatsiya va devalvatsiya taʻsirida banklarni
qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarini real qiymatining pasayish xavfi
yuzaga keladi.
§
12.2. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni muomalaga
chiqarish tartibi
Oʻzbekistonda banklar shu, jumladan, ularning qimmatli qogozlar bozorida
emitent, investor, investitsion vositachi va boshqa faoliyatni amalga oshirishi
mumkin. Banklar qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq faoliyati turlarini amalga
oshirishlari uchun quyidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi. Oʻzbekiston
Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tugʻrisida”, “Banklar va
bank faoliyati tugʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat yuritishi
mexanizmi tugʻrisida” va boshqa qonunchilik xoʻjjatlariga muvofiq holda amalga
oshiriladi. Bu qonun hujjatlariga asosan qimmatli qogʻozlar emissiyasi qilishi-
joylashtirish shartlari bir xil boʻlgan hamda jismoniy va yuridik shaxs boʻlgan
birinchi egalari yoki investorlarni bir xil hajmdagi huquqlari bilan taʻminlaydigan
muomaladagi bank qimmatli qogʻozlari majmuyi tushiniladi. Chaqirilgan qimmatli
qogʻozlarning joylashtirish esa – fuqarolik huquqiy bitimlar tuzish yoʻli bilan
qimmatli qogʻozlarni qiymatini toʻliq toʻlashni koʻzda tutgan holda ularni birinchi
32
Банк, пул кредит журнали 2019, Азизов Улуғбек Капитал бозор: иқтисодий ўсишнинг таминотчи драйвер.
и. 37-б.
156
egalariga bank tomonidan sotilishi tushiniladi. Qimmatli qogʻozlar muomalasi –
qimmatli qogʻozlar egasining almashuvga olib keladigan qimmatli qogʻozlarni
oldi–sotdisi shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan
boshqa harakatlar tushiniladi. Banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan
qimmatli qogʻozdar naqd yoki naqdsiz muomalaga chiqarilishi mumkin. Naqdsiz
qimmatli qogʻozlar deb – depozitariylarning hisob registrlarida yozuvlar shaklida
muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar tushiniladi.
Naqd qimmatli qogʻozlar esa – sertifikatlar yoki qimmatli qogʻozlar
blankalari koʻrinishida muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar tushiniladi.
Qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi yoki chiqarilish soʻrovnomasi deb bank
toʻgʻrisida, chiqariladigan qimmatli qogʻozlarning hajmi, nominal qiymati,
chiqarilish shakli, turi va soni, chiqarish shartlari va shu qimmatli qogʻozlarni sotib
olish yoki sotib olishdan voz kechish toʻgʻrisidagi qarorga taʻsir qilishi mumkin
boʻlgan boshqa axbarotni oʻz ichiga olgan xoʻjjat.
Qimmatli qogʻozlarni ochiq hamda yopiq holda joylashtirish mumkin.
Qimmatli qogʻozlarga ochiq obuna, ommaviy joylatirish yoki ochiq joylashtirish
deganda – cheklanmagan doiradagi investorlar orasida joylashtirishdir. Qimmatli
qogʻozlarga yopiq obuna, xususiy joylashtirish ham deyiladi. Bunda avvaldan
maʻlum boʻlgan cheklangan doiradagi investorlar oʻrtasida joylashtirish
tushiniladi.
Oʻzbekistonda quyidagi qimmatli qogʻozlar amal qiladi:
•
Aksiyalar;
•
Obligatsiyalar;
•
Xazina majburiyatlari;
•
Depozit sertifikatlari;
•
Qimmatli qogʻozlarning hosilalari;
•
Veksellar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Bu
qimmatli qogʻozlarga turli maʻnolarni anglatadi. Bularga quyidagicha tarif
beramiz:
157
Do'stlaringiz bilan baham: |