Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè


§  12.3. Tijorat banklarining emission operatsiyalarini boshqarish



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

 
§ 
12.3. Tijorat banklarining emission operatsiyalarini boshqarish 
usullari 
Tijorat banklarining emission operatsiyalarini boshqarishda taʻsir etish 
nuqtayi nazaridan quyidagi usullardan foydalaniladi: 
1. Maʻmuriy usullar. 
2. Iqtisodiy usullar. 
Maʻmuriy usullarga quyidagilar kiradi: 
* emission operatsiyalarni rejalashtirish; 
* emission operatsiyalarni amalga oshirish siyosati, qoidalari va meʻyorlarini 
oʻzida aks ettirgan ichki bank hujjatlarini ishlab chiqish. 
Emission operatsiyalarni boshqarish usullaridan foydalanish samaradorligini 
taʻminlashning zaruriy shartlaridan biri boʻlib, qimmatli qogʻozlarni 
joylashtirishda risk va daromad darajalarini toʻgʻri baholash imkonini beradigan 
ishonchli maʻlumotlarning mavjudligi hisoblanadi. 
Emission operatsiyalarni boshqarish usullari quyidagilarga boʻlinadi: 
* analitik usullar; 
* spetsifik usullar; 
* marketing usullari. 
Analitik metodlar emission operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan tendensiyalar 
va muammolarni aniqlash imkonini beradi. Oʻz navbatida, analitik metodlarga 
quyidagilar kiradi: 
– guruhlash usuli; 
– qiyosiy tahlil usuli; 
– tarkibiy tahlil usuli; 
– trendli tahlil usuli. 
Spetsifik usullar emission operatsiyalar bilan risklarni kamaytirish, bankning 
resurs bazasini diversifikatsiya qilish imkonini yaratadi. 
Marketing usullari quyidagilardan iborat: 
* mijozlarni turli toifalari boʻyicha turkumlash; 
* mijozlarning kartotekasini yaratish; 


166 
* emission bank xizmatlari bozorini monitoring qilish; 
* emission bank xizmatlarini reklama qilish; 
* bank qimmatli qogʻozlarining investitsion jozibadorligini taʻminlash. 
Jahon banki ekspertlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarning natijalari 
shuni koʻrsatdiki, tijorat banklari daromadlarining 80 foizini mijozlarning 40 
foizini tashkil qiluvchi guruh beradi. Qolgan 20 foiz bank daromadini yana 40% 
mijozlar beradi. 20% mijoz bankka hech qanday daromad keltirmaydi. Shu sababli, 
tijorat banklarining emission operatsiyalarini amalga oshirishda birinchi toifaga 
kiruvchi 40% mijozning hohish-istaklarini, emission bank xizmatlariga boʻlgan 
talablarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tijorat banklari xarajatlarining asosiy qismini resurslar jalb qilish bilan 
bogʻliq boʻlganligi sababli resurslarning oʻrtacha qiymatini aniqlash va uning 
oʻzgarishiga baho berish tijorat banki moliyaviy barqarorligini taʻminlash nuqtayi-
nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, tijorat banklari 
emission faoliyatni amalga oshirishda bank tomonidan chiqarilgan qimmatli 
qogʻozlar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrtacha bahosining oʻzgarishiga 
alohida eʻtibor qaratishadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish