I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
TURIZM MENEJMENTIDA MOTIVLASHTIRISHNI
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Turizm menejmentida motivlashtirish tushunchasi, nazariyalari va
modellari
Ruscha-o'zbekcha lug’atda motivatsiya, ya’ni motivlashtirish tushunchasi biror
ish yoki harakatning yo’zaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar, isbotlar,
bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin qilinadi. Bu tushuncha
bevosita inson omili bilan bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak :
Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va
har
xil
turli
ehtimollaridir.
U
xodimlarni
jonli
mehnat
faoliyatiga
rag’batlantiruvchi kuchli vosita bo’lib hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish – bu kishilar faoliyatini ruhiy
yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirish hisoblanadi. U muayyan ehtiyojni
qondirish bilan bog’liq bo’lib, ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo’ladi.
Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o’z kuchini tiklash,
o’zini issiq- sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni
kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki,
bo’larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va
sog’lom hayot kechirib o’zoq umr ko’rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy
shaklga ega bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi. Umuman:
Ehtiyoj – odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo’zg’atuvchi motiv bo’lib
hisoblanadi.
Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo’ladi. Ya’ni u kishilarning odati, didi va
ruhiyatiga , yoshi va jinsiga , oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash
sharoitlariga ham bog’liq.
Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni
muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali kishilarni
6
motivlashtirish jarayonini quyidagi chizmamizda ifodalashimiz mumkin bo’ladi
(1.1-chizma):
1-chizma. Ehtiyoj va u orqali kishilarni motivlashtirishni ifodalovchi model
1.1- chizma. Ehtiyoj va u orqali kishilarni motivlashtirishni ifodalovchi model
Ko’rinib turbdiki, motivatsiya jarayoni qandaydir ehtiyojga bo’lgan
yetishmovchilikdan yoki qoniqishning yetarli yoxud umuman yo’qligidan
boshlanadi. So’ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari harakat qilinadi.
Agar u muayyan narsadan qoniqish hosil qilsa, u xolda keyingi motiv uni boshqa
yuqoriroq ehtiyojga rag’batlantiradi.
Kishilarni boshqarayotganda, albatta , qator savollar xayoldan o’tadi. Masalan,
nima uchun odamlar ishlaydi? Nima uchun biri yengil ishni bajaradi va qoniqish
olmaydi, boshqasi esa mamnuniyat bilan og’ir ishni bajaradi? Kishilar yaxshiroq
va unumliroq ishlashlari uchun nima qilmoq kerak? Ish jarayoni qiziqarli bo’lishi
uchun nima qilish kerak? va shu kabi savollar . Mehmonxona rahbariyati ajoyib
rejalar va ustuvorlikni ishlab chiqishi, eng maqsadga muvofiq to’zilmani qo’llashi
va samarali o’zatish tizimini tashkil etishi va axborotga ishlov berishi,
mehmonxonani eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlashi va o’ta zamonaviy
texnologiyalarni ishlatishi mumkin. Ammo tashilot a’zolari, ya’ni xodimlar
kerakli darajada ishlamasalar, o’z vazifalarini bajara olmasalar, jamoada o’zlarini
mos ravishda tuta bilmasalar, o’z mehnatlari bilan mehmonxonaning maqsadlariga
erishishiga va uning bosh vazifasining bajarilishiga hissa qo’shishga intilmasalar
barcha imkoniyatlar yo’qqa chiqib ketadi.
Ehtiyojlar
(yetishmov-
chiliklar)
Motiv
yoki
istaklar
Harakat
(tutgan
yo’l)
Maqsad
Ehtiyojni qondirish natijalari:
1. Qoniqdi
2. Qisman qoniqdi
3. Umuman qoniqmadi
7
Kishining o’z ishiga tayyorligi, xohishi va uni bajara olishi mehmonxonani
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun muhim omil hisoblanadi. Xodimlarni
samarali boshqarishga ularning moyilligi, ya’ni o’z ishini xush ko’rishi, rag’bati,
ixlosi, kayfiyati, hafsalasi, xohishini tushunish orqali erishiladi.
Insonning faoliyatga moyilligi deganda harakat kuchlar yigindisi, ma’lum
harakatni amalga oshirishga kishini undash yoki majbur qilish kabilar tushuniladi.
Bu kuchlar kishidan tashqarida yoki ichida bo’lib, uni anglashga, tushunib
yetishga majbur qiladi yoki anglamagan xolda ba’zi nojo’ya harakat sodir qildiradi.
Bunda alohida kuchlar orasidagi bog’liqlik va inson harakati bevosta juda
murakkab tizimda o’zaro ta’sir etadi, shu sababli turli kishilar bir ta’sirga, tashqi
bir xil kuchga mutlaqo har xil natija ko’rsatishlari ham mumkin.
Yuqoridagi fikrlarni e’tiborga olib, moyillikka aniqroq ta’rif berish mumkin.
Motivatsiya – bu kishini faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi
kuchlar yig’indisi, faoliyatga undovchi bu kuch unga chegaralar va shakllar beradi
va bu faoliyatga yo’nalish ko’rsatadi, ma’lum maqsadlarga erishish yo’lini
mo’ljallaydi. Motivatsiyaning inson xulqiga ta’siri ko’p omillarga bog’lik,
shuningdek, ko’p holatlarda inson faoliyatidan kelib chiqib ta’sirlar o’zgarishi
mumkin.
Motivatsiya tavsifini tushunish uchun inson ehtiyoji, sababi, vaj – sabablari,
rag’batlantiruvchi omillar, rag’batlantirish, zo’r berish, urunish, qat’iyat, halollik,
biror maqsadga qaratilganlik kabi faoliyat tavsiflarini aniqlay bilish lozim. Albatta,
ular orasiga aniq chegara qo’yish qiyin, lekin ma’nolarining asosiy tushunchasini
anglash muhim hisoblanadi.
Rag’batlantirish yoki qiziqtirish odamlarning vaj-sabablari uchun har xil
rag’batlantiruvchi omillardan foydalanish jarayonidir.
Motivatsiyaning ta’siri ostida kishi faoliyatida aniqlanishi mumkin bo’lgan
faoliyat tavsiflari quyidagilar: zo’r berish, harakat (hafsala) qilish, qat’iyat,
halollik, maqsadga qaratilganlik kabilar.
Motivatsiyaning faoliyatga ta’sir etishining keyingi tavsifi – bu boshlagan
ishini qunt bilan davom ettirish va rivojlantirishdir.
8
Ishni bajarishda mehmonxonadagi barcha zarur talablar va me’yorlarini
hisobga olib, halollik bilan vijdonan ishni ijro etish ko’plar uchun muhim shartdir,
aynan shunday xodimlarning mavjudligi mehmonxonada ishni muvaffaqiyatli
bajarilishiga asos bo’la oladi. Xodim yuqori malakali va bilimli, qobiliyatli bo’lishi
mumkin, ko’p ishlashi mumkin. Mehmonxona rahbariyati buni yaxshi anglagan
holda moyillik tizimini shunday ishga solishi lozimki, bu orqali xodimlarning
ushbu xulqiy tavsiflari, xususiyatlari taraqqiy etib borishi kerak.
Xodim o’z ishini bajarishi jarayonida o’zida ma’lum qoniqish hosil qilsa, u
ushbu o’zi ishlayotgan mehmonxonasining maqsadlariga erishishiga yordam
bergan bo’ladi. Mehmonxonada ham xodimlarni boshqarish uchun xodimlar
harakati nimaga qaratilganligini bilish boshqaruvchi uchun juda muhim
hisoblanadi. Chunki moyillik yordami bilan bu harakatlar yo’nalishini aniq
maqsadlarga mo’ljallаsh mumkin.
Motivatsiya nazariyasining yo’nalishlari ichida “ichki moyillik ” va tashqi
moyillik“ larning munosabati haqidagi savollar yetarlicha o’rganilmagan.
Haqiqatdan ham ularning chegarasini aniq ajratib bo’lmaydi.
Motivatsiya jarayon bo’lib, nazariy jihatdan navbatma - navbat keluvchi olti
bosqichdan iborat (1.2 - chizma) :
Birinchi bosqich. Inson ehtiyojlarining paydo bo’lishi.
Ikkinchi bosqich. Ehtiyojni barataraf etish yo’llarini izlash.
Uchinchi bosqich. Harakatlar yo’nalishini aniqlash.
To’rtinchi bosqich. Harakatni amalga oshirish – bu bosqichda xodim
harakatini amalga oshirishi uchun katta kuch sarflaydi, oqibatda moyillikka teskari
ta’sir etadi va ehtiyoji qondiriladi.
Beshinchi bosqich. Harakatni amalga oshirgani uchun rag’bat olish, ehtiyojni
bartaraf etishga qadar bo’lgan holat.
Oltinchi bosqich. Ehtiyojni bartaraf etish. Bu bosqich amalga oshganidan
so’ng, yangi bir ehtiyoj paydo bo’lgunga qadar, xodimlar o’z faoliyatlarini
kamaytirishlari yoki oldingi kabi intilish darajasining yo’qligi sezilishi mumkin.
Motivatsiyaning mohiyati ham shundadir.
9
1.2 – chizma. Moyillik jarayoni bosqichlari
Motivatsiya nazariyasi ruhiy omil bo’lib, xodimlar harakatiga maqsadlilik va
aniq yo’nalishga egalik baxsh etishi bilan xarakterli hisoblanadi. Bu
nazariyalarning diqqat markazi ma’lum darajada ehtiyojlar va ularni moyillikka
tasirini tahlil qilishda mujassamlashadi.
Boshqaruv vazifasi – bu boshqaruvchining aqli, uning markaziy asab tizimi,
boshqarish vazifasi qanchalik murakkabroq, tabaqalashganroq bo’lgani sari
rahbarlik qilish oldida har qanday vazifa ichida ham va vazifalararo yo’nalishda
ham boshqarishni takomillashtira olish vazifasi turadi.
Natijada
boshqarish
vazifasidan
asta
–
sekin
boshqarishni
takomillashtirishning mustaqil vazifasi sifatida xususiy vazifa ajralib chiqadi. Bu
vazifa moyillikdir. Bunda xodimni boshqarishdan maqsad uning samarali va
mahsuldor ishlashi uchun xodim qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratishdir.
Motivatsiya mazmunining nazariyasi inson ko’nglini uning faoliyatiga majbur
etishga qaratilgan. Bu guruh moyillikning nazariyalari ichida keng tarqalganlari
quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |