3
Kirish
Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyotning
ajralmas qismiga aylanishi kutilayotgan turizm sohasi faoliyatini rivojlantirish va
muvaffaqiyatli boshqarish jarayoni ilmiy asoslangan tadbirlarni amalga oshirishni,
qo’llab - quvvatlashni talab etmoqda.
“Bugungi kunning eng asosiy vazifasi, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.
Karimov, - hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda yangicha
fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o’z zimmasiga olabiladigan, hayot bilan
hamnafas yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish,
ularga ishonch bildirishdan iboratdir”.
Hozirda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish va yangiliklarni joriy
etib borish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Turizm
sohasida salmoqli o’rin egallovchi joylashtirish sektoriga ham mamlakatimizda
katta e’tibor qaratilmoqda hamda xususiy mehmonxonalar qurilishi va faoliyat
yuritishi uchun barcha sharoitlar mavjuddir.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida obyekt sifatida “Sherdor” mehmonxonasi
olingan bo’lib, mavzusi “Turizm menejmentida motivlashtirishni rivojlantirish
imkoniyatlari” bo’lib hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi bozor munosabatlari sharoitida
turistik korxonalarda, jumladan, mehmonxonalarda xodimlarni samarali boshqarish
va yuqori natijalarga erishishda boshqarishning asosiy funksiyalaridan bo’lgan
motivlashtirishni rivojlantirishga yuqori darajada ehtiyojning mavjudligi va bunga
hozirda ko’pchilik korxonalarda e’tibor berilmayotganligida hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi turistik korxonalardagi mavjud boshqaruv
muammolarini bartaraf etishda
hamda xodimlarning bor salohiyatidan
foydalanishda motivlashtirish usullari va vositalarini qo’llash va bu orqali korxona
o’z maqsadiga erishishida sarflanadigan muddatni qisqartirishga erishishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, to’rtta bob, xulosa va takliflar hamda
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
4
Uning birinchi bobida turizm menejmentida mtivlashtirishni rivojlantirishning
nazariy asoslari batafsil yoritilgan. Bu bobda siz motivlashtirish tushunchasi,
motivlashtirish nazariyalari va modellari bilan tanishasiz. Shuningdek, turizm
menejmentida motivlashtirishni rivojlantirish usullari va motivlashtirish
strategiyalarini tanlashdagi yondashuvlar, turistik korxonalarda samaradorlikka
erishishda motivlashtirishning ahamiyati haqida ushbu bobda to’xtalib o’tilgan.
Ikkinchi bobda “Sherdor” mehmonxonasida motivlashtirish tizimi qanday
tashkil etilganligi, hozirgi holati atroflicha o’rganilgan. Bu bobda siz “Sherdor”
mehmonxonasining boshqaruv tavsifi, uning xizmatlar assortimenti, faoliyati,
boshqaruv
jarayonida
motivlashtirish
usullarining
qo’llanilish
holati,
motivlashtirishga ta’sir etuvchi omillar hamda mehmonxonadagi mavjud
muammolar haqida tanishib chiqishingiz mumkin.
Bitiruv
malakaviy
ishining
uchinchi
bobi,
hozirgi
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida “Sherdor” mehmonxonasida motivlashtirishni
takomillashtirish
yo’llari
haqida
bo’lib,
bunda
asosan
mehmonxonada
motivlashtirish yordamida mavjud yoki kelib chiqishi mumkin bo’lgan
muammolarni
bartaraf
etish
yo’nalishlariga
hamda
mehmonxonada
motivlashtirishni rivojlantirish va takomillashtirish yo’llariga to’xtalib o’tilgan.
To’rtinchi bob turizm sohasidagi xavfsizlik masalalari haqida bo’lib, unda
turizm sohasiga oid xavfsizlik masalalarining o’zbek qonunchiligida aks
ettirilganligi hamda “Sherdor” mehmonxonasida
mijozlar va xodimlar
xavfsizligining qanday tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishining hajmi
betdan
iborat bo’lib, uning mazmunini
boyitish maqsadida unda bir qator chizmalar, jadvallar va diagrammalardan
foydalanilgan. Ilovalarda o’z aksini topgan statistik ma’lumotlar ham ishni aniqlik
darajasining oshishiga xizmat qiladi.