Musobaqaning yopilish marosimi
Musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoalar o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng musobaqaning yopilish marosimi o‘tkaziladi. Musobaqaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar (ayrim hollarda barcha jamoalar) ishtirok etadi.
Musobaqaning yopilish marosimi ham maxsus ssenariy asosida o‘tkaziladi. Senariyda belgilangan dastur yakunida Davlat bayrog‘i tushiriladi va musobaqa yopiq deb e’lon qilinadi.
Musobaqaning yakuniy natijalari va tashkiliy ishlarning saviyasi bo‘yicha rasmiy hisobot tuziladi va ushbu hisobotning nusxalari har bir jamoa vakillariga taqdim etiladi (ilovalarda mavzuga doir
andozalar berilgan).
2.9. VOLEYBOL HAKAMLARNING HARAKATLARI
1. TO’PNI O’YINGA KIRITIShGA RUXSAT BERISh
2. TO’PNI O’YINGA KIRITADIGAN JAMOA
3. MAYDONNI ALMAShTIRISh
4. TAYM-AUT
5. O’YINChI ALMAShTIRISh
6. TARTIB BUZGANLIGI UChUN OGOXLANTIRISh
7. MAYDONDAN ChETLAShTIRISh
8. DISKVALIFIKAЦIYa
9. PARTIYaNING TUGALLANIShI
10. TO’P HAVOGA ULOQTIRILMAGAN YoKI PODAChA URILAYoTGAN VAQTDA TO’P QO’LDAN HAVOGA IRG’ITILMAGAN
11. HAKAM XUShTAK ChALGANDAN SO’NG 8 SEKUND VAQT IChIDA TO’PNI O’YINGA KIRITILMAGANLIGI
12. TO’PNI QABUL QILAYoTGAN JAMOANI HARAKATDA TO’PNI QABUL QILIShGA HALAQIT QILISh
13. O’YINChILARNING NOTO’G’RI JOY ALMAShINIShI
- TO’P MAYDONDA
- TO’P MAYDONDAN TAShQARIDA
16. TO’PNI ILIB QOLISh
17. TO’PGA IKKI MARTA TEGINISh
18. TO’PGA BIR JAMOANI TO’RT MARTA TEGINIShI
19. O’YINChI TO’RGA TEGSA VA TO’P TO’RGA TEGIB MAYDONGA TUShSA
20. RAQIB TOMONIDAN UChIB KELAYoTGAN TO’PGA TO’R USTIDA YoKI O’TMAGAN HOLDA TO’SIQ QO’YISh
21. HIMOYa ZONASI O’YINChILARNI XUJUM ZONASI ChIZIG’INI BOSIB HUJUM QILIShI
22. O’YINChILARNI ChIZIQDAN O’TIB KETIShI YoKI TO’P O’YINGA KIRITILAYoTGANDA ChIZIQNI BOSIShI
23. BAHSLI TO’P
24. TO’P RAQIB QO’LIGA TEGIB MAYDONDAN ChIQIB KETIShI
25. O’YINNI ChO’ZGANLIGI SABABLI OGOXLANTIRISh
1. TO’P MAYDONDA
2. TO’P MAYDONDAN TAShQARIDA
3. TO’P RAQIB QO’LIGA TEGIB MAYDONDAN ChIQIB KETIShI
4. TO’P O’YINGA KIRITILIShIDA O’YINChINI BELGILANGAN ChIZIQNI BOSIShI
5. HECh QANDAY QAROR QABUL QILMASLIK
- Bob. QO’L TO’PI MUSOBAQALARNI TAShKIL ETISh VA O’TKAZISh
Qo’l to’pi musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshiradi, mamlakatda qo’l to’pini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gandbolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va, umuman, jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Musobaqalar qatiylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, jamoa, tuman, shahar, respublika, qolaversa, mamlakat
oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. O’yinchilarning emostional keskinligi gandbolchilarning ruhiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
- Musobaqalarni boshqarish
Musobaqalarni tayyorlash va o’tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek, musobaqani o’tkazish uchun aniq javobgar shaxs bo’lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko’rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o’tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.
- Musobaqa turlari
Oldiga qo’yilgan vazifalariga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo’lish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari va sport Vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport tasnifi talablariga muvofiq tashkil
etiladigan hamda natijalariga ko’ra g’olib va chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi - taqvim musoba-qalari bo’lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvimiy rejasida nazarda tutiladi va
tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o’tkaziladi. Musobaqaning asosiy turlariga: birinchilik yoki chempionatlar, kubok musobaqalari, saralash musobaqalari kiradi.
Birinchilik yoki chempionatlar – eng mas’uliyatli musobaqalar bo’lib, ularning natijalari bo’yicha g’olib jamoalarga chempionlik unvoni beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini xolisona baholashga, olib borilayotgan o’quv-mashg’ulot ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalariga juda ko’p jamoalarni jalb etish mumkin va ular g’olibni qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish taomili bo’yicha o’tkaziladi.
Bet 79
Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi bosqichida
maqsadida
qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash o’tkaziladi.
Musobaqaning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi: nazorat uchrashuvlari, o’rtoqlik uchrashuvlari, qisqartirilgan musobaqalar.
Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo’lajak musobaqalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o’tkaziladi.
O’rtoqlik uchrashuvlar o’quv-mashg’ulot maqsadlarida yoki
an’anaviy musobaqalar rejasida o’tkaziladi.
Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobaynida o’tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |