Taqvim bo’yicha o’yin kunlarini 7 jamoaga ikkinchi usul bilan taqsimlash Bet
1-
2-
3-
4-
5-
6-
7-
kun
kun
kun
kun
kun
kun
kun
1-0
1-3
1-4
1-5
1-6
1-7
1-0
0-3
2-4
3-5
4-6
5-7
6-0
7-2
7-4
0-5
2-6
3-7
4-0
5-2
6-3
6-5
7-6
0-7
2-0
3-2
4-3
5-4
Musobaqani aylanma tizim bo’yicha o’tkazishga ketgan vaqtni aniqlash uchun umumiy o’yinlar hisobini olish kerak. Bu quyidagi formula bilan aniqlanadi.
К(К − 1) 2 М = M – o’yinlar soni;
K – musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni.
O’yin jadvalini tuzishda taqvim bo’yicha o’yin kunlari orasidagi vaqtga ahamiyat berish kerak. Agar jamoalar boshqa joyga borib o’ynashi kerak bo’lsa, musobaqa boshlanishidan bir kun oldin kelishadi. Agar musobaqa bir joyda o’tkaziladigan bo’lsa, uchrashuv orasidagi vaqt jamoalarning mashq qilishi va dam olishiga etarli bo’lishi kerak.
3.6. O’yindan yutilgandan so’ng chiqib ketish tizimi Bu tizim qoida bo’yicha qatnashadigan jamoalar soni ko’p bo’lsa, oz muhlat ichida musobaqani o’tkazish uchun qo’llaniladi.
Yutqazgan jamoalar musobaqani davom ettirmaydi. Musobaqa
taqvimining setkasini tuzish uchun musobaqaga qatnashuvchi jamolarning sonini aniqlab, so’ng qura tashlash o’tkaziladi. Qura tashlash o’tkazilgandan so’ng tashgan raqamlar tartib bilan yoziladi. Shunday qilib uchrashadigan jamoalar qura tashlash orqali ma’lum bo’ladi. Jamoalar soniga binoan setka tuziladi.
Agar jamoalar soni 2 ning qandaydir darajasiga teng bo’lsa:
(22 q 4; 23 q 8; 24 q 16; 25 q 32 va hokazo), bunday hollarda hamma jamoalar uchrashuvini birinchi davrada boshlaydilar. Agar qatnashuvchi jamoalar soni 2n dara-jasiga teng bo’lmasa, u holda ikkinchi davraga qolgan jamoalar soni 2n darajasiga teng bo’lishi kerak.
Demak, jamoalarning bir qismi birinchi kundan, ikkinchi qismi ikkinchi kundan boshlab uchrashadilar. Birinchi kunda uchrashuvchi jamoalar sonini aniqlash uchun quyidagi formuladan
foydalaniladi:
K q(M-2n)2
K-birinchi kundan o’yinga qatnashadigan jamoalar soni; M-musobaqaga qatnashuvchi jamoalar soni;
Bet 2n
- qatnashuvchi jamoalar soniga eng yaqin 2 soni-ning
darajasi. Masalan: o’yinga qatnashuvchi jamoalar soni 11. Shu songa setka tuzish zarurdir. Buning uchun 11-ga eng yaqin 2n darajasi olinadi. Bu son 24 16 bo’ladi. So’ng 16 dan qatnashuvchi jamoalar soni ayiriladi. 16-11 5
Ayirish natijasida qolgan besh - jamoalar soni bo’lib, o’yinning ikkinchi davrasidan musobaqaga qo’shiladi. O’yinning 2-darajasidan qo’shiladigan jamoalar soni toq bo’lsa, setkaning yuqorisiga qaraganda pastga bir jamoani ko’p qo’yamiz.
11 jamoaga setka tuzish 1-davra 2-davra 3-davra g’olib
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Yutilgandan so’ng chiqib ketish tizimining yutug’i shundan iborat: musobaqaga qatnashuvchi jamoalar sonining ko’pligiga qaramay qisqa vaqt ichida g’oliblar aniqlanadi.
Ammo bu tizimning muhim kamchiligi - uchrashuvchi jamoalar jufti qura tashlash natijasida aniqlanadi. Bu esa tasodifiy narsa, chunki eng kuchli ikki jamoa qura natijasida bir setkaga tushib qolishi mumkin. Shu ikkala jamoaning biri finalgacha musobaqani davom ettirmay, chiqib ketishi kerak. Buning natijasida finalga kuchsiz jamoa chiqadi.
Bu tizimda, odatda, birinchi uch o’rin aniqlanadi.
o’rin - final g’olibi.
o’rin – finalda mag’lubiyatga uchragan jamoa.
o’rin - yarim finalda mag’lubiyatga uchragan jamoalar uchrashuvi g’olibi.