Chiqib ketish tizimi bo‘yicha o‘yinda uchrashadigan jamoalarni joylashish tartibi
Ishtirok etuvchi
|
Birinchi
|
Ikkinchi davrada ishtirok etuvchi
| | |
jamoalarning
|
davrada
|
jamoalar soni
| | |
umumiy soni
|
ishtirok etuvchi
| | | | | |
jami
|
yuqoridan
|
pastdan
| |
jamolar soni
| | | |
4
|
4
|
-
|
-
|
-
|
5
|
2
|
3
|
1
|
2
|
6
|
4
|
2
|
1
|
1
|
7
|
6
|
1
|
-
|
-
|
8
|
8
|
-
|
-
|
-
|
9
|
2
|
7
|
3
|
4
|
10
|
4
|
6
|
3
|
3
|
11
|
6
|
5
|
2
|
3
|
12
|
8
|
4
|
2
|
2
|
13
|
10
|
3
|
1
|
2
|
14
|
12
|
2
|
1
|
1
|
15
|
14
|
1
|
-
|
1
|
16
|
16
|
-
|
-
|
-
|
17
|
2
|
15
|
7
|
8
|
18
|
4
|
14
|
7
|
7
|
19
|
6
|
13
|
6
|
7
|
20
|
8
|
12
|
6
|
6
|
Birinchi turda 6 ta jamoa o‘ynashi kerak. Ikkinchi davradan boshlab o‘ynaydigan jamoalar uchun 2 ta yuqoridagi va 2 ta pastdagi raqamlar belgilanadi. Barcha raqamlar (birinchi davrada o‘ynaydigan raqamlar ham) jadvalda yuqorida va pastda joylashgan jamoalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Agar jamoalar soni toq bo‘lsa, unda ikkinchi davradan o‘yinni boshlaydigan jamoalarning soni jadvalning pastida yuqoridagiga nisbatan bitta ortiq bo‘ladi. Birinchi davradan o‘yinni boshlaydigan jamoalarda esa, aksincha, jadvalning yuqorisida bitta raqam ortiq bo‘ladi (7-jadval).
Bir musobaqa doirasida ikki tizimdan ham foydalanish mumkin bo‘lib, bu tizim shartli ravishda aralash tizim deb nomlanadi.
Aralash tizimga muvofiq guruhlar yoki zonalarda o‘yin aylanma tizimda, so‘ngra esa yutqazgan chiqib ketish tizimida olib boriladi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
2.5. Musobaqa o‘tkazishning ilmiy-tashkiliy asoslari
Sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish shu musobaqalarga rahbarlik qiluvchi (sport federatsiyasi, tashkiliy qo‘mita va h.k.), mezbon tashkilotchi, hakamlar uyushmasi hamda nazoratchi (ekspert) hakamlarga katta mas’uliyat yuklaydi. Ular musobaqa o‘tkazish joylarini (sport saroylari, kommunikatsion, tibbiy va yordamchi xonalar) rasmiy musobaqa qoidalari, musobaqa Nizomi va boshqa me’yoriy standartlar talablariga muvofiq tayyorlash ekspertiza va sinovdan o‘tkazish choralarini ko‘rish tadbirlarini amalga oshiradi. Tomoshabinlar, ishtirokchi sportchilar, murabbiylar, tibbiy va xavfsizlik xizmati xodimlari, akkreditatsiyadan o‘tgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillariga barcha qulayliklar yaratilishi mezbon tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi.
2.6. Musobaqa o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
Musobaqalar muvofiq mutasaddi tashkilot (yoki tashkilotlar) tomonidan tasdiqlangan yillik musobaqa taqvim rejasiga asosan o‘tkaziladi. Odatda musobaqa o‘tkazish joyi (mamlakat, viloyat, shahar va h.k.) va vaqti shu taqvim rejasida qayd etiladi.
Musobaqaning nomi, maqsad va vazifalari, o‘tkazish joylari va muddatlari, musobaqada ishtirok etish huquqiga ega jamoalar
(klublar, terma jamoalar), musobaqada ishtirok etish shartlari, bosh hakam, musobaqaga rahbarlik qiluvchi tashkilot, musobaqa shart- sharoitlarini ta’minlovchi mezbon tashkilot, musobaqa o‘tkazish va o‘rinlarni aniqlash tizimi, rag‘batlantirish kabi masalalar musobaqa Nizomida batafsil ifodalanadi.
Musobaqa o‘tkazishdan avval nazoratchi (ekspert) hakam (yoki hakamlar) musobaqa o‘tkazish joyini qabul qilingan ilmiy-
texnologik vositalar (o‘lchov asboblari) yordamida ko‘zdan kechiradi. Jumladan, musobaqa o‘tkaziladigan sport inshootida havo namligi, harorat, atmosfera bosimi, tabiiy va sun’iy yorug‘lik, maydon chiziqlari, to‘r va ustunlar, o‘rindiqlar, bo‘shlik zonalar va boshqa ko‘rsatkichlar belgilangan me’yoriy standartlar asosida ekspertizadan o‘tkaziladi.
Sportchilarga mo‘ljallangan yechinish-kiyinish, yuvinish,
xonalari
gigiyenik, kommunikatsion, tibbiyot va hakamlar nazoratdan o‘tkaziladi.
Amalga oshirilgan ekspert-nazorat tadbirlari natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlanadi va bu haqida musobaqa o‘tkazuvchi mas’ul tashkilot rahbariga ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |