Muammoli vaziyat
- o’quvchining ma‘lum psixik holatidir. Bunday holat ma‘lum topshiriqni
bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi. O’quvchilarning fikrlash faoliyatida
muammoli vaziyatlarning shakllanishi ularning shaxsida qiziquvchanlik, o’tkir zehnlilik,
mustaqillik, o’qishga qiziqish va mustaqil izlanish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Ta‘limning induktiv va deduktiv usuli.O’qitishning induktiv va deduktiv metodlari o’quv
materiali mazmunining xarakteri va mantig’ini yoritish usulidir. Induktiv metodda o’qituvchi avval
faktlarni tushuntiradi, tajribalarni, ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish qiladi va umumlashtiradi.
Deduktiv metod
- o’qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta‘riflarni aytishi, keyin asta-
sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish usulidir. Induktiv yoki deduktiv
usullarni qo’llash o’rganilayotgan mavzu mazmunini ochishda xususiydan umumiyga yoki
umumiydan xususiyga o’tishning qaysi birini tanlashni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |