O’quv ma‘ruzasi.
Ushbu usuldan yangi bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash, ko’nikma va
malakalar hosil qilish uchun foydalaniladi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma‘ruza
odatda, ularni to’la qamrab oladi. Ma‘ruza asosan, umumiy o’rta ta‘lim maktablarining yuqori
sinflarida, o’rta maxsus kasb-xunar kollejlari va akademik litsey hamda oliy o’quv yurtlarida
o’qiladi.
Suhbat.
Suhbat ta‘limning keng tarqalgan usuli bo’lib, darsning istalgan bosqichida qo’llanishi
mumkin. Ko’pincha, bu usul savol-javob usuli deb ham yuritiladi. Suhbatning to’rt xil turi mavjud
bo’lib, ular: yangi bilimlar berishda, bilimlarni mustahkamlashda, olingan bilimlarni tekshirishda,
o’tilgan materiallarni takrorlashda qo’llanadigan suhbatlardir. O’qitish jarayonida o’rganilayotgan
mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo’llaniladi. Suhbat
mustahkamlovchi metod sifatida bilimlarni tekshirish va baholashda ham o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |