“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
111
Ushbu jarayonda yangi chizmani kompyuterda dasturlash usuli rejalashtiruvch
kishini mustaqil va teran fikr yuritishga majbur etadi, eng muhimi, bu ishga bo’lgan
havasni shakllantiradi. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi darsini o’tishda
multimedia vositalaridan «Pover Point” dasturi orqali o’rganish juda foydalidir.
Multimedia vositalaridan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, ta’lim
jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish
imkoniyatining mavjudligi, dars jarayonida qisqa vaqt ichida ko’proq ma’lumot
berishga erishiladi. Umuman olganda, multimedia vositalarining o’quv amaliyotida
qo’llanishi har tomonlama samarali natija beradi. Olingan bilim kishi xotirasida uzoq
muddat saqlanib qolishi va uni amaliyotda qo’llash mumkin.
Xulosa qilib aytganda, tasviriy san’at va muhandislik grafikasidarslarini sifat-
samaradorligini oshirishda yangicha metod va kompyuter texnologiyalarining o’rni
beqiyos. Shuday ekan ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy natijalarga erishishda
innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Raxmonov I. Valiev A. Valieva B. Muhandislik grafikasi fanini o`qitishning
zamonaviy texnologiyalari. Toshkent 2013 y.
2.
D.Тоjibоyeva, А. Yuldasheva Маxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Т.
“Аloqachi” 2009.
Rangtasvirda natyurmort kompozitsiyalarini yaratishga qo’yiladigan talablar.
Samarqand davlat universitetio’qituvchisi: Istamov Z.S. Talaba:Hamzayeva
Ma’mura. Turobova Farida
Bizga ma’lumki
rangtasvir - asosan turli bo’yoqlar vositasida matoga , devor
yuzasiga, shuningdek boshqa joylarga ishlanadi. Bjarilayotgan tasvirlarning
mazmuni , xarakteri va shunga o’xshash barcha xususiyatlari bo’yoqlar orqali
ifodalab berilsa, bunga rangtasvir san’ati deyiladi. Tasviriy san’atning bu turida
ijodkorning ichki kechinmalari, asarda aks ettirilayotgan voqea mazmuni
ranglarni bir –biriga o’z me’orida qo’shib ishlatish natijasida namoyon bo’ladi.
Masalan, qizil va qora bo’yoqlarni qo’shib ishlatilishi fojiani aks ettirsa, och
moviy va yashil ranglarni o’ziga xos bog’lashlar natijasida tinch va osoyishtalik
holatlari tasvirlanishi mumkin. Rangtasvir san’ati jozibali va qiziqarliligi bilan
nafaqat o’zlashtirishda, hatto uni o’qiy bilish, ya’ni idrok qila bilishda ham
o’quvchidan jiddiy bilim va malaka talab qiladi. Tasviriy san’atning asosiy
vositalaridan biri bo’lgan rangtasvir san’atida barcha janrlarda ijodiy faoliyat olib
borish mumkin. Shunga ko’ra manzara, portret va natyurmort janrining
rangtasvirdagi ifodasi boshqa turlarga qaraganda birmuncha jozibaliroq boladi.
Qoyilmadagi har bir jonli yoki jonsiz bo’lgan narsa va shaxslarni rang orqali
tasvirlash, ular yuzasidagi yashirin ranglarni ko’rsata bilish katta mahorat talab
qiladi.
Har qanday san’at asarida kompozitsion yechim bo’lishi tabiiydir. Shu singari
tasviriy san’at asarlarini yaratishda ham kompozitsiya tamoyillariga amal qilinadi.
Kompozitsiya - tuzish, joylashtirish, ijod qilish natijasida san’atning alohida
Do'stlaringiz bilan baham: |