“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
112
qismlarini mantiqan bir butunlikka keltirishni anglatadi. Tasviriy san’atda
kompozitsiya juda keng ma’noga va o’ziga xos muhim jihatlarga ega. Yana
shu narsa diqqatga sazovorki, tasviriy san’atning har bir turi yoki janrida
kompozitsion tizilish ma’lum darajada bir-biridan o’ziga xos farqli jihatlarni
talab qiladi. Tasviriy san’at asari kompozitsiyaning oddiy qonunlaridan to
asarning mazmunini ochib berishgacha bo’lagan ijodiy izlanishlardan tortib
har bir jihatdan alohida o’ziga xos kompozitsiya sirlari bo’ladi. Kompozitsion
tugal tasviriy san’at asarida rassomning maqsadi, o’y – fikrlari, niyati , o’z
oldiga qo’ygan jiddiy vazifasi, ya’ni dunyo qarashi o’ziga xos uslubda ifoda
etiladi. Va shu asar orqali voqeylikni mohiyati ochib beriladi.
Rangtasvirdagi natyurmort kompozitsiyasi ham ma’lum bir mavzuga xos
bo’lgan narsa va predmetlardan tuziladi. Shunday ekan natyurmortdagi ob’ektlar
ham bir - biriga yaqin bo’lib ma’lum bir mazmunni anglatib turadi.
Natyurmortni yaratishda biz ancha qulayliklarni ko’ramiz. Uning qulayliklari
shundan iboratki u jonsiz narsalar to’plami bo’lganligi, naturani haqqoniy
tasvirlash - bu narsalarni konstruktiv va perspwektiva qonunlari asosida qurish,
ularning fazoviy joylashuvi, materialligi, hajm va nisbatlarini ifodalash,
qalamtasvir yoki etyudini yaxlid bir butunlikka keltirish, tasvirlanayotgan
ob’ektlar va narsalarni xarakterli xususiyatlari va nafis go’zaligini aniqlashdir.
Narsalarni haqqoniy tasvirlash malakalarini o’quv natyurmortlarini chizish
orqali egallash mumkin. Shunday ekan savodli tasvirlash asoslarini o’rganishda
hatyurmort asosiy tasviriy ob’ekt hisoblanadi. Natyurmort rangtasvirni talabalar
tomonidan o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nom bilan bog’liq
bo’lgan barcha tasvirlarda mahoratli bo’yoq surtmasi kolorid monandligi va
shakl plastikasini kuzatish mumkin. Ular orqali rangtasvirning qonuniyatlarini va
uslublarini mohirlak bilan o’zlashtirish mumkin . Ya’ni perspektiv va konstruktiv
qurilish shaklining soya - yorug’ligi va rangda tasvirlanishi, tasvirlanayotgan
narsalarning fazoviy uzoqlashish holati va materialligi, tus va rang munosabatlari
tushunarli va aniq qilib ko’rsatilganligi hisobga olinadi.
Tasvirlanayotgan narsalar ma’lum o’lcham tekisligida “ tiqilinch” yoxud juda
juda kichik ham joylashib qolmasligi zarur. Haddan tashqari kichik joylashgan
tasvirlar qog’oz tekesligida aniq ko’rinmaydi.Tasvirdagi asosiy etiborni tortuvchi
narsa - kompozitsiya markazi, qolganlari esa unga tobe bo’lib xizmat qiladi.
Tasvirda tomoshabinning nazari ana shu markazga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Har qanday natyurmort kompozitsiyasini tuzishning asosiy qoidalariga to’liq
amal qila bilish mutaxassis o’qituvchidan o’ziga xos ijodiy izlanishni talab qiladi.
Natyurmort kompozitsiyasida simmetriya, assimetiya, muvozanat, ritm, harakat,
ikkinchi darajali narsalarning asosiy buyumga bo’ysunishi, ko’rish markazi, ko’rish
burchagi, kompozitsion markazni bo’rttirib ko’rsatish kabi qoidalari mavjud.
Odatda
kompozitsion
markaz
ikkkinchi
planda
joylashadi.
Natyurmort
qo’yilmasidagi narsa va buyumlar biror g’oyaga asoslanishi kerak .
O’quv natyurmortining muhum tomonlaridan biri tasvirlanayotgan fazoviy
joylanishidir.Qo’yilmada buyumlardan kattasi orqaroqda, maydalari esa oldinda ,
ya’ni biri ikkinchisini biroz berkitib turadigan qilib qo’yiladi. Lekin buyumlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |