“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
202
zamonaviy kutubxonalarning asosi bo’lib xizmat qiladi. Foydalanuvchilarga zamon
talablariga mos ravishda tezskorlik bilan yetkazish hamda ularni elektron ko’rinishga
o’tkazish vazifasini ushbu BMI da bajarishni asosiy maqsad qilib oldim.
Kutubxonalarning keyingi faoliyati davomida ushbu ma’lumotlar bazasi elektron
hujjatlarga doir resurslar bilan to’ldirib boyitilib shakllangan ko’rinishga aylanib
boraverdi. Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi bu elektron hujjatlarni yaratish,
saqlash, manipulyatsiya qilish va joylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishga
imkon beruvchi kirilmalar va dasturlar to’plamidir. AKM da elektron hujjatlar
fondini yaratish va undanfoydalanish afzalliklari. Fan va texnikaning misli
ko’rinmagan yutuqlariga ega hayotning o’zi axborotlarni yangicha, ilg’or usulda tez
yaratish, saqlash, uzatish va ularga ega bo’lishning qulay yo’llarini ko’rsatib
bermoqda.
Kutubxonalar o’z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini, axborot
yetkazuvchilardan keng foydalana boshladilar. Bu o’z navbatida axborotlarni
elektron holida tez va qulay usulda olish imkoniyatini yaratdi.
Zamonaviy kutubxonalarda axborot texnologiyalari yutuqlarini keng joriy
etilishi, elektron axborot olish usuli bosma axborot olish usulidan anchagina
qulayligini isbotlab bermoqda.
Axborot makoniga kirish, axborot olish usullari
osonlashgani
uchun
kutubxonalardan
foydalanuvchilar
soni
kun
sayin
ortib
bormoqda.
Bugungi
kunda
elektron
kutubxonalardan ilmiy-
texnik axborot muassasalari, ilmiy-ta'lim jamoalari,
nashriyot va jurnallarning tahririyatlari, internet
tizimidan foydalanuvchi tashkilotlar, arxivlar, mo’zeylar va ilmiy izlanuvchilar keng
foydalanmoqdalar.
Axborot kutubxona muassasalarida elektron hujjatlar fondini boyitishdagi
muammolar. Axborot kutubxona muassasalarida elektron resurslardan samarali
foydalanish uchun, kutubxonalarning texnik va texnologik iqtisodiy va kadrlar
muammolarini xal etish talab etiladi.
Elektron hujjat intellektual faoliyat maxsuli bo’lganligi uchun u o’zining
qiymatiga, ya'ni ma'lum bir bahosiga ega. Elektron hujjatning bahosi - mavjud
manbalardan bepul olinadigan maxsus bo’lmagan axborotlarni takrorlab qayd etish
yo’li bilan olingan axborotlar, yoki milliy va madaniy qadriyatlarni o’z ichiga olgan
oddiy ma'lumotlardan kelib chiqishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar yoki texnik
ishlanmalar uchun zarur bo’lgan ma'lumotlar qimmat turadi, shuning uchun bu
ma'lumotlar foyda keltirishi mumkin. Aynan shuning uchun ilmiy-texnik
kutubxonalar uchun elektron ma'lumotlar bazasi (MB)ni olish, oddiy ommaviy
kutubxonalardan farqli o’laroq ko’proq moliyalashtirishni talab etadi.
Elektron hujjatlardan foydalanish kutubxonalarni texnik jihatdan qayta
Do'stlaringiz bilan baham: |