“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
98
-касб-ҳунар коллежларида мутахассислик фанларини замонавий педагогик
ҳамда ахборот технологиялари асосида ўқитишнинг шакл ва усулларини жорий
этиш;
-мутахассислик фанларини ахборот коммуникацион технологияларидан
фойдаланиб ўқитишнинг амалий методларини такомиллаштириш.
Ана шундай вазифаларни амалга ошириш учун касб-ҳунар коллежлари
мутахассис ўқитувчиларидан ўз устида тинмай изланишларини, янги педагогик
технологияларни ҳаётга жорий этиш мақсадида ахборот коммуникацион
технологияларни қўллай олишни ва бунинг учун компютер саводхонлигига эга
бўлишни давр талаб этмоқда.
O’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida chet tillarini kasbga yo’naltirib
o’tishning ahamiyati
D.Qosimova, M.Qodirova, F. Sattorova-Samarqand pedagogika kolleji
o`qituvchilari
Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq ta’lim-tarbiyaga jiddiy e’tibor berilishi
tufayli O`zbekistonning ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlari samarasi jahon
hamjamiyati tomonidan haqli ravishda yuksak baholanmoqda.Ma’lumki, ta’lim
jarayonining ilg`or usullarini joriy etish yo`li bilan o`sib kelayotgah yosh avlodni
chet tillarga o`qitish, shu tillarda erkin so`zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash
tizimini tubdan takomillashtirish hamda uning negizida jahon sivilizatsiyasi yutuqlari
va dunyo axborot resurslaridan keng ko`lamda foydalanishlariga imkon yaratiladi.
Ana shu ijtimoiy zaruriyat O`zbekiston taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi.
O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil odimlab, jahon maydoniga kirib borar
ekan, bugungi yoshlarimiz o`z mutaxassisliklarini puxta egallashlari bilan birgalikda
chet tilini, xususan ingliz tilini mukammal bilishlari, shu tilde o`z fikrlarinibayon
qilishlari jida ham muhim.
Bugungi kunda jahon miqyosida globallashuv jarayoni, texnik taraqqiyot, turli
millat, elatlarning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalar bo`yicha yaqin
hamkorligi, burlashishi ro`y bermoqda.Aha shu sabablar ham, Vatanimizning dunyo
hamjamiyatida taraqqiyparvar davlat sifatida tanilib,o`zmavqei va o`rniga ega
bo`lishi ham ayniqsa, istiqbolimiz egalari-yoshlarimizdan xorijiy tillarni mukammal
bilishini
taqozo
etadi.Mazkur
vazifalarni
amalga
oshirish
maqsadida
hukumatimizning bir qancha qarorlari qabul qilindi.O’zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidentining 2012 yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini
yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi hamda,O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8-maydagi”Ta’lim muassasalarida
uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash
to’g’risida”gi 124-sonli qarorlari shular jumlasidandir. Bu qarorlarda chet tillari,
asosan ingliz tili fani o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalari jahon ta’lim
standartlariga javob berishini talab qilinadi.
Shu o’rinda birinchi prezidentimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk
kelajagi yo’lida xizmat qilish-oliy saodatdir”asarida berilgan quyidagi fikrlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |