“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
87
san’at sirlarini o’rganishda va bo’lajak asarlarini yaratishda xomaki rasm va grizayl
texnikasida ishlash shuningdek ranglovxalar chizishdan unumli foydalanganliklarini
guvohi bo’lamiz. Shunday rassomlardan Leonardo Da Vinchi, Rafael Santi,
Rembrandt, Karl Bryullov; O’zbekistonlik rassomlardan O’ral Tansiqbayev
Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Malik Nabiyev, Javlon Umarbekov,
Bahodir Jalolov, Alisher Mirzayev, A. Muminov, G’ Abduraxmonov, O. Qozoqov va
boshqa rassomlarni aytish mumkin.
Tasviriy san’atga rasm chizishga qiziqayotgan yoshlar ustozlar o’rgatayotgan
jamiki chizish qoidalarini mukammal o’rganishlari uchun ustozlarning o’gitlarga
amal qilishlari va o’z vaqtida mehnat qilishdan qochmaslik kerak bo’ladi.
Foydalanilganadabiyot:
1. Oydinov N. Rassom-o’qituvchilarnitayyorlashmuammolari. Т., O’qituvchi.
1997.
2. Boymetov B. Qalamtasvir ,T.:“Musiqa” nashriyoti 2006.
3.
O’rolov S. Mo’jizayaratishsan’ati. Т.: Mehnat, 1996.
4.
S. Abdirasilov, N. Tolipov. Rangtasvir. T.: “Bilim” nashiryoti 2005.
Mahobatli rangtasvir san’ati.
Sh. Oydinov, V. Ziyodullayeva –SamDU
Vatanimiz yoshlarini har tomonlama yetuk barkamol bo’lib yetishishlarida
buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy, madaniy merosining ahamiyati juda kattadir.
O’tmish tariximizni qanchalik chuqur va yaqindan o’rgansak uning yuqori darajada
rivojlangan sohalari qatorida tasviriy san’atning ham o’z o’rni borligiga amin
bo’lamiz. Tasviriy san’at – eng qadimiy va keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. U
o’z o’rnida grafika, rangtasvir va haykaltaroshlik kabi turlarga bo’linadi.
Tasviriy san’at turlari ichida rangtasvirning o’ziga xos tomonlari bor.
Rangtasvir haqida fikr yuritar ekanmiz, uning rangli bo’yoqlar vositasida qogozga,
matoga, devorga xullas tekisliklar yuzasiga ishlanadigan san’at deb bilamiz.
Rangtasvir asarlari mazmunini ochib berishda ranglar muhim rol o’ynaydi.
Monumental rangtasvir me’morchilik bilan bog’liq bo’lib, ular binolarning
devorlarini, shiftlarini bezashda qo’llaniladi.
Monumental rangtasvir
tarixi ibtidoiy odamning g’or devorlariga chizgan
rasmlaridan boshlanadi. O’zbekiston hududida ham qadimdan ajdodlarimiz
tomonidan yaratilgan rangtasvir namunalari kishilarni necha asrlardan beri o’ziga
rom qilib kelmoqda. Bulardan eng qadimiylari ibtidoiy Zaravutsoy, Sarmishsoy kabi
tasvirlar hisoblanadi. Bu tasvirlarda ov manzarasidagi turli rasmlarni ko’ramiz.
Bular qadimgi odamlarning hayotini, turmush tarzini tasavvur qilishga yordam
beradi. Rangtasvir san’atidagi yutuqlarni kulolchilik namunalari bo’laklarida,
tuproq ostida saqlanib qolgan binolarning devorlariga ishlangan suratlarda
batafsilroq ko’rish mumkin. Samarqandning qadimiy o’rni Afrosiyobdagi devoriy
rasmlar, Buxorodagi Varaxsha, Surxondaryoda joylashgan Termiz yaqinidagi
Bolalik tepa tasviriy san’at namunalari bunga misol bo’la oladi.
Afrosiyob nomi bilan yuritilayotgan qadimgi devoriy rasmlarda rangtasvir
Do'stlaringiz bilan baham: |