“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари. 86
ega bo’ladilar. Tarixdan ma’lumki usta musavvir Borovikovskiy o’z asarlarini
yaratishda grizayl texnikasini dastlabki yordamchi texnologik foydali qulay, tadbir
sifatida mohirona qo’llagan. U matoni kulrang qoplama bilan yopib, so’ng ustidan
tasvirlarni chizib grizaylda suyuq surtmalardan foydalanib ishlov bergan.
Grizayl uslubida rasm ishlashni tushunish uchun och-to’qligi va shakli bir-biridan
farq qiladigan ikkita narsadan pastanovka qo’yib qora yoki jigar rang bo’yoq bilan
tasvirlab ko’rsa bo’ladi. Tasvirlash uchun tanlangan buyumlar, masalan deylik
sabzavotlarni to’g’rash taxtasi va sapol kosachani kursi ustida shunday qo’yish
kerakki ulardan biri oldinroq ikkinchisi orqaroqda joylashsin va kosacha
sabzavotlarni to’g’rash taxtasini qisman bekitib turadigan bo’lsin. Natyurmortni
joylashtrishda katta-katta burmalangan oq surb matodan foydalanamiz va kosacha
surpni ustiga qo’yiladi. Natyurmotga chap tomondagi derazadan tabbiy yorig’lik
nurlari tushadigan bo’lsin. Orqa sath uchun och-moviyrang tusdagi gazlamadan
foydalaniladi. Natyurmortni asosiy formatda boshlashdan avval kichik hajmda
homaki eskizlar chizib kompozitsiya va masshtab masalalarini hal qilib olish kerak.
Kompozitsiyaning qulay variantini izlash paytida har bir narsaning o’zini tasvirlash
bilan birga ulardan tekislikka tushayotgan soyani ham hisobga olish kerak.
Oddiy qalamda ishlanayotganda o’chirg’ichdan iloji boricha kamroq
foydalanishga harakat qilish zarur, aks holda qog’ozning silliq qatlami titilib ketadi
va bo’yoq tekis tarqalmaydi. Tasvirlashda puxta bajarilgan chiziqli rasm bo’yoqlar
bilan ishlashni ancha yengillashtiradi. Akvarel bo’yoq bilan ishlashni boshlashdan
avval qog’oz mo’yqalam bilan namlab chiqiladi. Keyin tasvirning oppoq joyidan
boshqa hamma joylari suyuq bo’yoq eritmasi bilan qoplab chiqiladi. Soyalarni
birdaniga qoraytirib yubormasdan asta-sekin bir qatlam qurigach ikkinchisini qo’yish
yo’li bilan to’qlashtirib borish kerak. Sabzavotlarni to’g’rash taxtasi va kosaning
shaklini sekin-asta aniqlashtirib borib ularni sirtida yorug’likning tarqalishini
sinchiklab tahlil qilinadi. Sabzavotlarni to’g’rash taxtasini sopol kosacha va yumshoq
matodan farqlanishini ifodalashga harakat qilinadi. Oxirgi bosqichda shakllarini
maydalab ishlab chiqish narsalarning asoslar iyonida soyalarni biroz to’qlashtirib
natyurmortning yahlit va ham ohang ko’rinishiga erishish kerak.
Grizayl uslubi bilan bir nechta natyurmortni tasvirlab o’rgandan so’ng butun
ranglar majmuasi bilan natyurmortning rang-tasvirini ishlashga o’tish mumkin
bo’ladi.
Shuni takidlab aytish mumkinki grizayl texnikasi qalamda chizilgan
kompozitsiyani bo’yoq bilan ishlashda o’ziga xos “ko’prik” bo’lib, bo’lajak
mutaxasislarning, chuqur atroflicha bilim olishlarida аsos bo’ladi. Uni rang tasvir
darslarida o’rganish muhimdir.
Xomaki rasmlar chizish va grizayl texnikasida ishlashni o’rganib olgandan so’ng
ranglovxalar ishlab turishning ahamiyati kattadir. Rangtasvir darslarida talabaga
uyga vazifa qilib ranglovxalar bajarib kelish topshiriladi. Ranglovhalarni o’z vaqtida
bajargan talaba rangtasvir amaliy mashg’ulotlarida ijobiy natijaga erishadi. Mana
shunday izlanishlarni davom ettirish esa tasviriy san’at asarlarini vujudga kelishiga
sabab bo’ladi.
Mashhur rassomlarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishsak, ular tasviriy