“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари. 159
qancha hunarlarning rivojlanishiga ham qisman e’tibor berib kelingan bo‘lgani bilan
ba’zi tomonlarida kamchiliklar bo‘lgan. Ammo asosan bu kasb-hunarlar keng
miqiyosda ish olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratilmaganida ko‘rinadi.
Bularning hammasi ham faqat boshqa bir mafkuraning manfaatlari uchun hizmat
qilishlari hisobga olingan edi. Yana shuni ham aytish lozimki, amaliy san’atning
badiiy ta’limdagi o‘rni keng ochib berilgan ishlar yaratilmagan. Buning bir qismi
faqatgina pedagogika fanlari doktori, professor S.S.Bulatov tomonidan yaratilgan bir
qancha kitoblari, dotsent Q.Qosimovning “Naqqoshlik” deb nomlangan asari va
prafessor R.Hasanovning metodik darslik va kitoblarida berilgan bo‘lib ularda ham
badiiy ta’lim sifatida ma’lum soatlarda bayon etiladi. Alohida bugungi kundagidek
amaliy san’at badiiy ta’limda ommalashmagan edi.
Bugungi esa amaliy san’atning badiiy ta’limdagi o‘rni nihoyatda ulkan ekanligini
ko‘rib turibmiz. Buni respublikamizga kelayotgan chet ellik mehmonlarning
qiziqishlardan ham bilish mumkin. Ular xalq amaliy san’atini millatimizning g‘ururi
ekanligini alohida tariflashmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, amaliy san’at xalqning
asrlar davomida shakllanishi va rivojlanishi tarixini yoritib turuvchi mash’ala
hamdir. O‘zbek xalq amaliy san’ati maktab va kollej ta’limida etarlicha o‘rganilmay
qolgan. Ularga ajratilgan soatlarni yanada ko‘paytirish lozim deb bilaman. Chunki,
faqat amaliy san’at darslari maktab badiiy ta’limi va kollej amaliy san’atni o‘rganish
jarayonida bir tomonlama bo‘lib qolayotgandek. Bu amaliy san’atning
rivojlanishigina emas balki, xalqimizning amaliy san’at bilan estetik tarbiyasi va
san’atkorona hayotga qarashini anglatadigan muhim tushunchalardan biri ekanligini
bilishi lozim. Demak, amaliy san’at badiiy ta’limda yuqori o‘rin tutar ekan. Badiiy
tarbiyadagi amaliy san’atning axamiyatiga bo‘lgan munosabatni ham o‘zgartirish
vaqti keldi. Amaliy san’atning har bir mahsuloti bugun xalqimiz uchun iqtisodiy
o‘sishida ham muhim bo‘lib qolgan.
Har bir tadbirkorning amaliy ishlarida badiiylik borligi ham bu sohada ta’lim
beruvchilarning ma’suliyatini oshiradi. Chunki, badiiy ta’lim va tarbiya san’at
vositasi tufayli amalga oshiriladi. Amaliy san’at badiiy tarbiyada etakchi hisoblanadi
deb aytish mumkin. Hamma zamonlarda ham odamlar o‘z uyi va joyini, o‘zini va o‘z
avlodini madaniy, nafosatli va badiiy kurinishdagi go‘zal bo‘lishini istaydi. Bunday
bo‘lishida doimo amaliy san’at materiallarining yordamiga tayanadi. Odamning
go‘zal ko‘rinishida ham amaliy san’atning o‘rni bor. Badiiylik amaliy san’atning xar
bir materiallarida, reproduksiyasida namayon bo‘lib turadi. Faqat ularni joy-joyida
foydalana bilish yaxshilikka olib keladi. Butun “dunyoni go‘zallik qo‘tqaradi” degan
gap nihoyatda to‘g‘ridir. Yashash joyimizning go‘zalligi, kiyim va turmushimizning
go‘zalligi, ishlatayotgan narsalarimizning go‘zalligi, davlatimizning go‘zalligi bu
bizning badiiy jihatdan butunligimizning dalilidir. Shuning uchun ham
shaharlarimizni turli order, uslub, va ko‘rinishli bo‘lishligiga e’tibor berib nihoyatda
chiroyli qilib qaytadan qurib bormoqdamiz. Ichki ko‘rinishlarini ham amaliy san’at
buyumlari bilan bezatib badiiylashtirmoqdamiz. Shunday ekan amaliy san’atning
badiiy ta’limdagi o‘rni benihoya cheksizdir.
Amaliy san’at ta’lim tizimida hamma san’atga oid kollejlardagina emas balki,
boshqa turli kasb-hunar kollejlarida ham oddiy bo‘lsada o‘rgatib borilsa yanada