Microsoft Word 4-китоб ёшлар конф 2017 май


Talabalarga ingliz tilida matn o’qishni nutq faoliyati turi sifatida o’rgatish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/280
Sana26.02.2022
Hajmi4,27 Mb.
#472331
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   280
Bog'liq
4-китоб ёшлар конф 2017 май

Talabalarga ingliz tilida matn o’qishni nutq faoliyati turi sifatida o’rgatish 
usullarri 
Eshmamatov R.T. o’qituvchi, SamDAQI qoshidagi 2-son akademik litsey.
Mustaqillik yillarda mamlakatimizda ilm-fanga, xususan, xorijiy tillarga bo’lgan 


“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар 
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари. 
126 
e’tibor oshib, davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Hozirgi tobora rivojlanib 
borayotgan zamon talabi bu – pedagog ta’limning nazariy va amaliy metodikasini 
ta’minlovchi shaxs emas, balki komil insonni shakllanishni ta’minlovchi mutaxasis 
bo’lishini talab etadi. Bunday yondashuv xorijiy til o’qituvchilari, ayniqsa, ingliz tili 
o’qituvchilarini izlanishga, ilmiy ijod qilishga boshlaydi. Zero, pedagogik mahorat 
izlanish, ijodiy mexnat mahsulidir.
Bundan ko’zlagan asosiy maqsadlarimizdan biri ingliz tilini o’rganishdagi 
mavjud 
noqulayliklarni 
chetlashtirishdir, 
xususan 
birinchi 
prezidentimiz 
I.A.Karimov aytganlaridek: “Bunday zaif, noo’rin holatlarni tezda o’zgartirish, 
o’zbek bolasiga chet tillarning ajib dunyosiga bemalol kirish uchun imkoniyatlarni 
to’liq ochib berishimiz darkor”
1

Chet tilda o’qishni o’rganish nofilologik bakalavriat talabalari uchun o’ziga xos 
xususiyatga ega. “o’qish” tushunchasi harfiy belgilarda ifodalangan nutqiy axborotni 
idrok etish va uning mazmunini payqash jarayoni tushuniladi. Bundan tashqari, Matn 
deb odatda o’qish uchun mo’ljallangan yozma diskurs yoki tinglash uchun 
mo’ljallangan og’zaki dirskurs tushiniladi. Matnlar ideallashtirilgan (aynan dars 
uchun mo’ljallangan) yoki tabiiy (real hayotdan olingan) bo’lishi mumkin. Ko’p 
hollarda ideallashtirilgan matnlar tabiiy tekstlarga o’xshash qilib tuziladi. 
Xuddi shunga monand ta’rifni chet til o’qitish ruhshunosligida ham uchratish 
mumkin. Axborot yozma (grafik) kodlar orqali ifodalanganda
2
, uni o’qib tushuniladi.
Umuman “o’qish” tushunchasini ta’limshunoslar kengroq ma’noda ham bayon 
etadilar: “grafik koddagi axborotni undan butunlay farq qiladigan kodga (ya’ni 
tovush kodiga — J.J.) o’tkazish jarayonidir”
3
. Ushbu ilmiy izohga hayotda 
uchraydigan 
o’qish 
turlariniig 
barchasi 
kiradi 
(iyeroglifda 
o’qishni, 
piktogrammalarni o’qish, chizmalarni o’qi sh, o’lchov asboblari (ko’rsatuv)ni o’qish, 
formulalarni o’qish, notalarni o’qish va h.k.z). 
Talabalarga mazmun (matn nima haqidaligi) va jarayon (ichida yoki tovush 
chiqarib o’qish) o’rgatiladi. Mazmunni (axborotni) yozma matndan olishga 
qaratilgan nutq faoliyatining turi o’qish demakdir. 
Matndagi axborotni o’zlashtirish ichda (ovoz chiqarmay) o’qish orqali va 
axborotni o’zgalarga yetkazish ovoz chiqarib o’qish o’yli bilan amalga oshiriladi. 
Ovoz chiqarmay o’qiganda ham ichda gapirish (ichki nutq) sodir bo’ladi.
Hozirgi davrda o’qish, xuddi ovqatlanish, uyqu, o’qish singari faoliyat, ya’ni 
ma’naviy ozuqa olish vositasi bo’lib qoldi. Ilmiy-texnika va boshqa axborotlar 
asosan ish orqali o’zlashtiriladi. Talaba chet tildagi darslik matnlari, o’qish kitobi, 
matbuot xabarlarini tili o’rganilayotgan mamlakat hayoti, madaniyati, tarixi, 
adabiyoti kabilar bilan yaqindan tanishadi. O’qishning shaxs tarbiyasidagi ahamiyati 
katta. Xalqimiz odobli, bilimdon, ziyoli kishilarga havas bilan “o’qigan” deb baho 
berishi bejiz emas, albatta. 
O’qilgan matn axborotini o’zlashtirib olish uchun ish malakasiga ega bo’lish 
kerak. Malaka, ma’lumki, shakllangan ko’nikmalar asosida rivojlanadi. O’qish 
1
Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyoti poydevori” Toshkent 1998, 49- bet 
2
Byrne, D. Techniques for classroom interaction, Longman. 1995, 6- bet 
3
Hoshimov O’. Yoqubov I. O’rta maktablarda Ingliz tili o’qitish metodikasi. Toshkent. 199310- bet. 



Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish