Oliy o’quv yurtlarida “yoshlar fiziologiyasi va gigienasi” faninig o’qitilishini
mohiyatlari to’g’risida
SamMI fiziologiya va pat. fiziologiya kafedrasi Dots. To’xtayev F. K, Karabaev A.G.
Nurimov P.B.
“Barcha ezgu niyatlarimizning asosida farzandlarimizni jismoniy hamda
ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxt-saodati farovon kelajagini
ko’rish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlod tarbiyalash orzusi turadi”,-
deydi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.
Davlatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni
sog’lom va uyg’un kamol topishiga zarur shart-sharoitlarni yaratish, XXI asr –
intellektual ustvorlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olib Vatanimiz farzandlarini
har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish maqsadida 2010-yili
O’zbekistonda “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilindi.
Birinchi Prezidentimiz yoshlarni yaxshi bilim olishlari uchun Oliy va o’rta
ta’limni qayta qurish masalasini olimlarimiz oldinga kundalang qilib qo’ydi. Oliy
ta’limni ko’p bosqichli sistema asosida o’qitish taklifarini kiritdi(1997).
I bosqich – Maktabgacha ta’lim (bolalar bog’chasi)
II bosqich – Maktablarda 9 yillik boshlang’ich ta’lim.
III bosqich – 3 yillik o’rta ta’lim (kollej, litsey).
IV bosqich – Oliy o’quv yurtlarda (bakalavr, magistratura).
V bosqich – Aspirantura, doktatura kabi rejali o’qitish.
Ta’lim islohotlari samarasi yoshlar iqbolini o’ylagan har bir qalb e’tiborida
bo’ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovni dono fikrlarida
bayon qilingan “Yoshlar bizni kelajagimiz, yoshlarimiz bizdan bilimdon, bizlardan
kuchliroq, har tomondan kamol topgan, hech kimdan kam emas va kam bo’lmaydi”-
degan iboralarida katta maqsad ko’zda tutiladi. “Barkamol avlod yili” davlat
dasturida har tomonlama kamol topgan yosh avlodni shakllantirishni, ularni huquq
va manfaatlarini himoya qilish eng avvalo, soglom naslni “sog’lom onadan–sog’lom
bola” dasturini amalga oshirish ko’zga tutilgan. 2016-yil “Sog’lom ona va bola” yili
deb ataldi. Bolalar va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish,
tibbiyot xizmatini moddiy-texnik bazasini ta’minlash, o’sayotgan yosh avlodni
o’qitish va tarbiyalash soxasida erishilayotgan talablardan kelib chiqqan holda oliy
va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi real iqtisodiyot tarmoqlari hamda soxalarida talab
qilingan ta’lim va mutaxasisliklar yo’nalishlarini qayta ko’rib chiqish. Davlat ta’lim
standartlarini, o’quv dasturi va adabiyotlarini qayta ko’rib chiqish “Barkamol avlod
yili” dasturida belgilab berilgan. Shundan kelib chiqgan holda oliy o’quv yurti
talabalariga ularning mutaxasisliklaridan qat’iy nazar ularga “Yosh fiziologiyasi va
Do'stlaringiz bilan baham: |