Microsoft Word 3 V 11 pechatga doc


Dasturiy vositalarning taraqqiyoti



Download 4,26 Mb.
bet38/83
Sana31.03.2022
Hajmi4,26 Mb.
#521533
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
1 kompyuter savodxonligi — lotinchasi

Dasturiy vositalarning taraqqiyoti.


Sizda Windows yoki Office kabi ulkan dasturlar qanday qilib yaratilgan, –
degan savol paydo bo‘lishi tabiiy, albatta.
Birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratilganida ularda hisoblash ishlarining ketma-ketligini mashinaga ma’lum qilish uchun uning maxsus registrlari bir-biri bilan qo‘lda ulab chiqilgan. So‘ngra sim bilan ulash o‘rniga maxsus relelar ishlatilgan va hisoblash ishlarining ketma-ketligi mashinaga ularni o‘chirish yoki yoqish bilan ma’lum qilingan.
Mashinaning xotirasida berilmalar bilan birga hisoblash algoritmi, ya’ni dasturni ham saqlash EHMlar taraqqiyotida tub burilish yasadi. Dastlabki dasturlar EHM protsessorining farmoyishlari ketma-ketligi bo‘lib, bu farmoyishlar ikkilik sanoq sistemasidagi sonlardan iborat edi. Shuning uchun ham bunday dasturlash mashina tilida dasturlash deb atalgan.
Yuzlab farmoyishlarni va minglab xotira kataklari manzillarini eslab qolish juda qiyin bo‘lib, bunday dasturlash paytida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yilar edi. Bu muammoni hal qilish uchun protsessorning har bir farmoyishiga maxsus qisqa nom berilgan va xotira kataklariga manzil bo‘yicha murojaat qilish o‘rniga kataklar nomlangan. Masalan, ikkita baytni qo‘shish uchun ADD, ayirish uchun STR (Subtract), mantiqiy «yoki» amali uchun OR, shartsiz o‘tish amali sifatida GT (Go To) kabi nomlar qabul qilingan. Bunday qisqa nomlar yordamida dasturlash Assemblerda dasturlash deb atalgan. Assembler yordamida dasturlash juda osonlashgan va ko‘plab dasturlar yaratila boshlangan. Shuning uchun uning nomi assembler2 deb atalgan.
Dastlabki vaqtlarda kompyuterlarning yetarli darajada tezkor xotiraga ega emasligi dasturlash vositalarining rivojlanishi uchun katta to‘siq bo‘lib kelgan. Yetarlicha xotira bilan ta’minlangan kompyuterlar ishlab chiqila boshlagach, dasturiy vositalar yaratishda yana bir keskin burilish yasaldi. Qisqa vaqt ichida minglab algoritmik tillar yaratildi. Ularning deyarli barchasidan yagona foydalanuvchi ularni yaratgan muallifning o‘zi edi, lekin ular orasidan bir nechtasi keng tarqalib ketdi.
Dasturlarni kompyuterga kiritish va saqlash ham ancha osonlashdi. Dastlab dasturlarni kompyuterga kiritish uchun ularni qattiq qog‘ozdan yasalgan lenta yoki kartalarga teshik ochish orqali yozib borilgan. Ularni perfolenta va perfokarta deb atashgan. Perfolenta va perfokartaga teshik ochish uchun perforatorlardan foydalanilgan. Bu usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari bo‘lib, perfokartalar noto‘g‘ri tushganda teshiklar noto‘g‘ri ochilgan yoki dastur noto‘g‘ri o‘qilgan; perfokartalar aralashib ketavergan; perfolentalar shunchalar ko‘p uzilar ediki, dastur ishlaguncha perfolentaning yarmidan ko‘pi qaytadan yozilar edi. Buni ko‘z


2Assembler so‘zining ma’nosi yig‘ish qurilmasi, konveyer bo‘lib, konveyer yordamida Genri Ford birinchi bo‘lib avtomo- bil yig‘ishda mehnat unumdorligini bir necha marta oshirishga erishgan.
oldingizga keltirish uchun bir necha kunlar davomida kiritilgan dasturlar bor- yo‘g‘i bir necha minut ishlashini aytish kifoya.
Bundan tashqari, dastur tuzuvchilar bevosita kompyuter bilan ishlashdan mahrum edilar. Kompyuterni ishlatish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rgan operatorlargagina ruxsat berilgan. Dasturchilar esa o‘z dasturlarini perforatorlar xonasiga eltib bergach, bir necha kun mobaynida natijani kutishgan. Dasturni maromlash uchun bu jarayon bir necha oy davom etgan.
Doimo pand bergan mexanik qurilmalar – perforatorlar o‘rnini konsollar egallashi bilan kompyuterlardan foydalanish ancha qulay ko‘rinishga keldi. Konsol bu klaviatura va monitordan iborat qurilma bo‘lib, klaviatura yordamida dastur kompyuterga kiritilgan, monitor esa kompyuterdan olingan natijalarni ekranga chiqarish uchun xizmat qilgan. Konsollar dasturchilarga bevosita kompyuter bilan ishlash imkonini bergan.
90-yillarga kelib dasturlash vositalarida navbatdagi inqilob bo‘lib o‘tdi. Bu inqilob natijasida sun’iy tafakkur yaratish sari yana bir dadil qadam tashlandi. An’anaviy dasturlashda biron-bir ob’ektning xossalari alohida- alohida sonli yoki boshqa ko‘rinishdagi kattalik orqali ifodalangan bo‘lsa, ob’ektlarga tayangan dasturlashda ob’ektlarning xossalari emas, balki uning yaxlit o‘zi tavsiflanadi.
Misol sifatida televizorni oladigan bo‘lsak, u haqda to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish va undan o‘rinli foydalana bilish uchun uning narxi, o‘lchamlari, ishlab chiqargan firmaning nomi, elektr tarmog‘idan oladigan quvvati kabi xossalari bilan bir qatorda uni yoqish, o‘chirish, boshqa kanalga o‘tkazish, ovozini rostlash kabi hodisalarni ham bilish kerak. Bu xossa va hodisalarning ko‘pchiligi, masalan, elektr tarmog‘idan oladigan quvvati yoki ularni o‘chirish-yoqish barcha elektron qurilmalar uchun taalluqli.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish