Microsoft Word 3 V 11 pechatga doc



Download 4,26 Mb.
bet10/83
Sana31.03.2022
Hajmi4,26 Mb.
#521533
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
1 kompyuter savodxonligi — lotinchasi

WINDOWS OPERATSION TIZIMI BILAN TANIShUV.
  1. Windows muhitida dastlabki qadamlar.




! Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing va matn oxiridagi jadvalni to‘ldirishga harakat qiling.


Faraz qilaylik, siz poytaxtda yashaysiz. Siz nima ish qilishingizdan, hayot tarzingiz qandayligidan qat’i nazar, Toshkent shahridagi turli idoralarning tegishli xizmatlaridan foydalanasiz: uyingizni Toshshaharenergo korxonasi tomonidan yetkazib beriladigan elektr energiyasi yoritadi, Toshshahargaz korxonasi tomonidan yetkaziladigan tabiiy gaz isitadi, Toshshaharyo‘lovchitransga tegishli avtobuslarda ishga borasiz, farzandlaringiz shahar xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktablarda o‘qishadi, sizning va oila a’zolaringizning sog‘lig‘i haqida shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tegishli muassasalar qayg‘uradi, shahar ichki ishlar boshqarmasi posbonlari tinch va xotirjam hayotingizga hech kim tahdid solmasligini ta’minlashadi, Siz shahar Savdo-sanoat palatasi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat ko‘rsatuvchi do‘kondan o‘zingizga zarur bo‘lgan narsalarni xarid qilasiz, TTV ko‘rsatuvlarini tomosha qilasiz.


Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, bu esa biz bilgan va bilmagan minglab odamlarning mehnati mahsulidir. Bundan tashqari, siz biror faoliyat bilan shug‘ullansangiz, masalan, kompyuter o‘quv markazi ochgan bo‘lsangiz, sizning ishxonangiz ham bu xizmatlardan foydalanadi.
Ushbu kitob yozilgan kompyuterda 7 milliarddan ortiq tranzistorlar mavjud bo‘lib, ularni boshqarish oson ish emas. Kompyuter yordamida nima ish qilishingizdan, qaysi dasturdan foydalanishingizdan qat’i nazar, Siz va Siz ishlatayotgan dastur kompyuterning turli ichki xizmatlaridan foydalanadi. Bu xizmatlarning barchasini kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizim ko‘rsatadi va kompyuterdagi barcha jarayonlar o‘zaro ziddiyatlarsiz bu tizim orqali boshqariladi.
Kompyuterlarda keng tarqalgan operatsion tizim Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Windows («Uindouz» deb o‘qiladi) operatsion tizimidir va u shu qadar ko‘p xizmat turlarini taklif qiladiki, uni yana Windows muhiti deb ham atashadi.
«Window» so‘zi ingliz tilida «deraza, darcha, oyna, tuynuk» degan ma’noni anglatadi va bu nomda Windowsda bir vaqtda bir nechta dasturlar ekrandagi o‘z oynalarida bir-biridan mustaqil ravishda ishlay olishiga urg‘u berilgan. Bu esa, bundan 20 yil oldin, Windows operatsion tizimi yaratilgan paytda kompyuterlarda uning barcha resurslari bitta dastur tomonidan butunlay egallab olinadigan boshqa operatsion tizimlarga nisbatan oldinga tashlangan ulkan qadam edi.
Hozirgi paytda Windows XP (eXPerience – tajriba, sinov) operatsion tizimi keng tarqalgan bo‘lib, u bir tomondan foydalanuvchi va dasturchilarning kompyuter ustida har qanday tajribalarni o‘tkaza olishlarini anglatsa, ikkinchi tomondan yangi avlod operatsion tizimlarini yaratishdagi yana bir o‘ta muhim sinov ekanligini bildiradi.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish