Windows
bosish bilan uni tanlaymiz (yoki klaviaturadagi tugmasini bosamiz) va Windowsning
va menyusiga
tugmalari orasidagi kiramiz, undan Vse
programmы ( Barcha dasturlar) bandini tanlab, yana sichqonning chap tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan dasturlar ro‘yxatidan Standartnыe ( Standart dasturlar) bandiga sichqon orqali kursorni olib kelsak, standart dasturlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan Paint bandi ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini bosamiz.
Natijada Paint dasturi ishga tushadi va ekranda uning oynasi paydo bo‘ladi. Dastur oynasini ekran bo‘ylab surish, oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish, uni butun ekrangacha kattalashtirish, ekrandan yashirib, masalalar satrida qoldirish va dastur bilan ishlashni tugatish uchun uning oynasini yopish mumkin. Bu amallar- ning barchasi dasturning sarlavha satri orqali bajariladi. Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning sarlavhalari bir xil bo‘lib, bu amallarni boshqa dasturlar uchun ham shu tarzda bajarish mumkin.
Dastur oynasini ekran bo‘ylab boshqa joyga sudrab o‘tkazish uchun oyna sarlavhasining tugmalardan bo‘sh joyiga sichqon
ko‘rsatkichini olib kelamiz, uning chap tugmasini bosamiz va qo‘yib yubormasdan, ekran bo‘ylab sudraymiz. Oyna kerakli joyga kelgach, sichqon tugmasini qo‘yib yuboramiz.
Oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun oyna chegarasiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelamiz, ko‘rsatkich o‘z ko‘rinishini o‘zgartirgach ( ), sichqonning chap tugmasini bosamiz va uni qo‘yib yubormasdan sichqonni ekran bo‘ylab sudraymiz. Zarur o‘lchamlarga
erishgach, sichqonning tugmasini qo‘yib yuboramiz. Ekranning o‘lchamlarini yuqori, past, chap va o‘ng tomondan o‘zgartirish mumkin. Bir vaqtda ikki yo‘nalishda o‘lchamlarni o‘zgartirish uchun sichqonni dastur oynasining burchagiga olib kelib, burchakni sudrash mumkin. Bunda sichqon ko‘rsatkichi kabi ko‘rinishda bo‘ladi.
Dastur sarlavhasining o‘ng tomonida joylashgan uchta tugma: dan birinchisi oynani ekrandan vaqtincha yashirib qo‘yish uchun xizmat qiladi. Masalalar satridagi dasturga mos yozuv ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini bosganda ham dastur oynasi ekrandan olib qo‘yiladi va uni yana bir bor bosib, oynani yana ekranga olib chiqish mumkin. Ekrandagi barcha oynalarni bir vaqtda vaqtincha yopish uchun masalalar satrining o‘ng tomonidagi, Pusk (Boshla)
tugmasining yonidagi tugmalardan Barchasini yashir (Svernut vse) tugmasi ni tanlash kerak.
Ikkinchi tugma ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmasini bossak, dastur oynasi ekranni to‘liq egallaydi. Uning o‘rnida paydo bo‘ladigan tugma ni chertib, dastur oynasini avvalgi holatiga qaytarish mumkin. Uchinchi tugmani chertish bilan dastur bilan ishlashni tugatib, uning oynasini
F10
butunlay yopish mumkin. Dastur bilan ishlashni tugatish uchun funksional
tugmani bosib, uning bosh menyusiga kirish, undan Fayl bandini va hosil bo‘lgan
menyudan Vыxod (Chiqish) bandini tanlash mumkin. va uning tepasidagi lotin
Х
alifbosining harfiga mos tugmalarni birgalikda bosish (Alt+X) ham dasturni
o‘z ishini tugatishga majbur qiladi.
Yuqoridagi amallarning barchasini oynaning tizim menyusi orqali ham bajarish mumkin. Tizim menyusini chaqirish uchun sarlavhaning o‘ng tomonidagi dastur yorlig‘i bilan bir xil bo‘lgan tugmani bosish kerak. Natijada ekranda quyidagi menyu paydo bo‘ladi va undan kerakli amalni tanlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |