RAQAMLI IQTISODIYOTNING MEHNAT BOZORIDAGI O`RNI
Narmanov.U.A Fanlar akademiyasi
Maqsudov.A.M Toshkent moliya isntituti
Har bir mamlakat uchun makroiqtisodiy barqarorlik, aholi ish ta`minlash va
ishsizlik kamaytirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda XXI
asrda raqamli iqtisodiyot har bir soha va yo`nalishga kirib kelmoqda. Bu
ma`lum ma`noda mehnat bozorining talab va taklifiga o`z ta`sirini ko`rsatadi.
Raqamli inqilob bizning hayotimizni va jamiyatimizni misli ko'rilmagan
tezlik va misli ko'rilmagan miqyosda o'zgartiradi, bu esa ulkan imkoniyatlar va
ulkan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Yangi texnologiyalar barqaror
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)
143
rivojlanish maqsadlariga erishishga katta hissa qo'shadi, shular qatorda ijobiy
natijalarga erishish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida
O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz jadal o'sishini
tasavvur qilish qiyin.
O`zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlantirish bo`yicha ko`plab
ishlar qilinmoqda. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
19 fevraldagi "Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmoni, 2019 yil 18 mayda
“Raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat» tizimi infratuzilmalarini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori mamlakatda raqamli
iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq
etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini taʼminlashni huquqiy
kafolatidir. Ushbu hujjatlar iqtisodiyotning orqada qolgan tarmoqlarini, ularni
amalga
oshirish
darajasi
bo'yicha
aniqlaydi,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari rivojlanish zarurligini, raqamlashtirish ta'sirini o'rganish
maqsadlari, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish kerakligi
ko`rsatmoqda.
Raqamli iqtisodiyotning fan sifatida rivolanishida xorijiy olimlarning ilmiy
ishlari (E. Brignolfsson, R. Bucht, M. Kastells, T. Mesenburg, N. Negroponte,
M. Skilton, R. Stou, D. Tapskot, R. Xiks va boshqalar), rus tadqiqotchilar (I.P.
Boyko, S.Yu.Glazyev, A.V. Zubareva, M.L. Kalujskiy, V.L. Makarov, R.V.
Meshcheryakova, D.E. Namiota, A.A. Petrova, S.A. Plugotarenko, E.B.
Starodubtseva, E.V. Ustyujanina, A.A. Engovatova, T.N. Yudina va boshqalar),
yurtimiz olimlari Q.X.Abdurahmonov, T.F. Bekmurodov, А.N. Аripov, S.S.
Gʼulomov,
B.Yu.
Xodiev,
R.X.Аlimov,
B.А.Begalov,
А.А.Musaliev,
А.Аbdugʼaffarov, А.Аbduvaxidov, D.M.Rasulev, O.T.Kenjaboev, Q.Аlimov,
R.А.Dadabaeva va boshqalar o`z hissalarini qo`shishdi hamda raqamli
iqtisodiyot muammolarini o'rganish va axborot bazasini shakllantirishda muhim
rol o'ynaydi.
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)
144
Yangi texnologiyalar, ayniqsa, sun'iy intellekt, muqarrar ravishda mehnat
bozorida sezilarli o'zgarishlar bilan bog'liq, jumladan, ayrim sohalarda ish
o'rinlarini qisqartirish va ommaviy miqyosda boshqalarga yangi imkoniyatlar
yaratishga olib keladi. Bunda yollanma ishchilarning strukturaviy ishsizligi
paydo bo`ladi. Bunda ma`lum vaqt oralig`ida yollanma ishchilar yangi kasb
tayyorgarligi uchun bilim va ko`nikmalarini oshiradi. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlanishi ish kuchini ko`p talab qiladigan mehnat turlarini mehnat bozorida
chiqarib tashlaydi va yangi mehnat(ish) turlarini paydo qiladi. Raqamli iqtisod
turli xil yangi bilim va ko'nikmalarni, asosan, yangi ijtimoiy himoya choralarini
va sifat jihatidan yangi ish va dam olish o'rtasidagi munosabatlar shakllantiradi.
Innovatsion taʼlim tizimi kadrlar sifatiga, innovatsion iqtisodiyot esa raqamli
iqtisodiyot kabi ishsizlikka taʼsir koʼrsatadi. Eng avvalo raqamli iqtisodiyot
ta'limni rivojlantirish uchun nafaqat ta'lim jarayoniga, balki ushbu jarayonni
tashkil etish usullarini o'rganishga, shuningdek, hayot davomida ta'lim
xizmatlaridan universal foydalanishni ta'minlashga qaratilgan katta vositachidir.
Raqamli texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini to'liq ochib berish,
istalmagan oqibatlardan qochish uchun imkon qadar tezroq xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash kerak.
O'zbekiston iqtisodiyotni raqamlashtirishning dastlabki bosqichidadir. Samarali
o'tish nafaqat infratuzilma va umuman davlatning tayyorgarligini, balki raqamli
iqtisodiyot va davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash uchun ishonchli zamin
yaratishni talab qiladi.
Xitoy raqamli iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi 30%ni, Buyuk Britaniya
YaIMdagi ulushi 12,5 %ni, O`zbekistonni esa YaIMdagi ulushi 1%ni ham
tashkil qilmayapti. Chunki O`zbekistonda mehnat bozorida hali ham eski
mehnat turlari hali saqlanib kelinmoqda.
Axborot kommunikasiya rivojlantirish ko`rsatkichi bo`yicha 170 ta davlatlar
orasida 103 o`rinni turubmiz. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
muammolari
rivojlanayotgan
mamlakatlar
duch
keladigan
umumiy
muammolarga o'xshashdir.
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)
145
Raqamli iqtisodiyotni mehnat bozorida kirib kelishida quyidagilar muammolar
mavjud, bular.
- Asosiy muammolardan biri telekommunikatsiya infratuzilmasi va
kommunikatsiyasining pastligi.
AKTga investitsiyalarning kamligi (2017 yildagi
umumiy investitsiyalarning 2,8%) tufayli respublikada bazaviy aloqa
stantsiyalarining zichligi juda pastligicha qolmoqda (1600 aholiga 1 ta baza
stantsiyasi). Bundan farqli o'laroq, Qozog'istondagi bunday minora 643,
Rossiyada esa 235 aholiga AKT ehtiyojlarini qondiradi. Bu esa internet va uyali
aloqa xizmatlari raqamli iqtisodiy o'sishni sekinlashtirishi va raqamli tafovutni
kengayishiga olib keladi. MDH davlatlari bilan taqqoslaganda, 2019 yilda
O'zbekistonda internetning o'rtacha tezligi (mobil va qo'zg'almas keng polosali)
taxminan ikki baravar past.
- Raqamli ko'nikmalarning etishmasligi raqamli transformatsiyaga jiddiy
to'siq bo'lishi mumkin.Bu kadrlar muammosi bilan bog`liq jarayondir.
-Internetning haddan tashqari qimmatligi, internet tarmog'ining yetarli
darajada ta'minlanmaganligi va internetning past o'tkazish qobiliyati
monopollashtirilgan telekommunikatsiya sanoatining natijasidir.Bu yerda
internet xizmatlari bo`yicha xorijiy kompaniyalarni jalb etilishi lozim.
Raqamli texnologiyalar keng tarqalgan takomillashtirish vositasi bo'lishi
kerak hamda jamiyatning barcha sohalarida:
- ijtimoiy muammolarni hal qilish;
- davlat, biznes va aholi o'rtasidagi aloqalarni soddalashtirish;
- mehnat faolligini oshirish,
- kasbiy vakolatlarni kengaytirish;
- yangi iste'mol tovarlarini yaratish va boshqalar.
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omili, shubhasiz, to'plangan inson
kapitalining tashuvchisi bo'lgan, kelgusida rivojlanish va takomillashtirishga
tayyor bo'lgan yuqori ma'lumotli odamlar bo'lib qolmoqda.
O`zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlantirish va mehnat bozorida texnika
taraqqiyoti, yangi texnologiyalar joriy etilish orqali ish o`rinlari yaratilish
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)
146
oqibatida zamon talablariga javob beradigan bo`lajak kadrlarning etishtirishimiz
lozim.
Buning uchun Janubiy Koreya elektron ta`lim tizimi asosida O`zbekistonda ham
elektron milliy tizimi yaratish, bu tizim orqali esa maktabgacha ta`lim
muassalarida, xalq ta`lim muassalarida, akademik litseylarda va oliy ta`lim
muassalarida o`z qamroviga olish kerak.
O`zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlantirish natijasida yasharin
iqtisodiyotni kamayishiga, mehnat bozorida yangi kasb turlarini paydo
bo`lishiga hamda soliq tushumlari oshishiga o`z hissasini qo`shadi
Do'stlaringiz bilan baham: |