Microsoft Word 2-декабрь конф-2019 doc


KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/123
Sana21.07.2022
Hajmi8,04 Mb.
#834272
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
Bog'liq
773-Текст статьи-1813-1-10-20200106

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI 
RIVOJLANTIRISHDA BANK MOLIYA TIZIMINING ROLI 
Tohirov Jahongir, Muhammadiyev Dilmurod 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Magistrantlari 
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy 
omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. 
Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil 
faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy ma’suliyati va yuridik shaxsning 
yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan 
ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib 
olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan 
shug’ullanishi mumkin. 
Tadbirkorlik yo’nalishi firmalarning yo’nalishini va yangi imkoniyatlarni 
o’rganishga intilishni anglatadi va shuning uchun firmaning innovatsionlik
xavfxatarni va proaktivlikni qabul qilish tamoyillari orqali o’zini namoyon 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


161 
qiladi. Tadqiqot ishlariga katta e’tibor qaratib, tadbirkorlarga yo’naltirilgan 
jarayonlarning yuqori darajasiga ega bo’lgan firmalar yangi tashkiliy shakllar va 
atrof-muhit 
konfiguratsiyalarini 
yaratishda 
tajribaga 
ega 
va 
bozor 
mexanizmlarini o’z manfaatlariga moslashtira oladi. Tadbirkorlik yo’nalishini 
kapitalizatsiya qilish orqali firmalar biznes hamkorlari bilan loyihalarni amalga 
oshirishda yuqori tendentsiyani rivojlantiradi. Hamkorlik yo’li bilan olingan 
resurslar yangi mahsulotni ishlab chiqish va bozorning ta’sirchanligi kabi 
qobiliyatlarni yaratishi mumkin. Natijada, firmalar ichida ishlab chiqilgan 
qobiliyatlar raqobatbardosh ustunlikni va ish faoliyatini oshiradi. 
Davlat va jamiyat tashkilotlari. Bugungi kunda kichik biznesni qo’llashni 
o’zlarining asosiy vazifasi deb hisoblaydigan davlat va jamiyat tashkilotlarining 
soni ko’paymoqda. Ular faqat moliyaviy yordam qilmasdan, balki (qoida 
bo’yicha imtiyozli kredit shaklida), xodimlarni o’qitish va boshqa ishlarda 
yordam beradi.
Kapitalni jalb qilishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, ixtirochi 
investorlar guruhidan moliya olish mumkin, buning uchun u agar ishi 
yurishmay, qolganda o'zining ishlab chiqqan texnologiyasiga egalik huquqini 
ularga topshirishi kerak. Xorijiy moliya manbalari mavjud. Masalan, xorijiy 
firmalar, ular boshqa davlatlarga investitsiya qilish imkoniyatlarini faol 
o'rganmoqdalar shu bilan birga kichik biznes sub’yektlari faoliyatiga 
investitsiyalash jalb qilish amaliyotini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan 
muammolarning mavjudligi va ularni hal etishga qaratilgan chora tadbirlar 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi. 
Kichik biznesning ishbilarmonlik tarkiblarini kredit bilan ta'rninlash – bu 
ularga moliyaviy pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma'lum muddatga xo'jalik 
faoliyatini amalga oshirish uchun berishdir. Kredit bilan ta'minlashni quyidagi 
turlari mavjud: 
• xo'jalik yurituvchi subyektlarga pul ssudalarini yoki tovarni kapital 
o'rnida to'g'ridan-to'g'ri berish shakli. 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


162 
• hisob-kitob turlaridan biri sifatida kredit bilan ta'minlash, ya'ni to'lov 
muhlati uzaytirilganligi hisobiga asosan. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholini ish bilan band etishi va 
o’rta sinfni shaklantirishi kabi xususiyatlari xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda 
batafsil yoritilgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, kichik 
korxonalar iqtisodiy rivojlanish, ilmiy-texnika ixtirolarini, aholining talabini 
qondirish uchun qo’llashda istiqbollidir. Boshqarish sohasida kichik 
korxonalarda eng kam xarajat qilinishi bilan birga mulk haqiqiy egasining 
qo’lida bo’lib, undan foydalanish, ko’paytirish doimo yaxshi natijalarga olib 
kelgan.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va 
uning natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori 
bo’lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. Kam xarajat hisobiga yangi ish 
o’rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes kirib bora olmaydigan bozor 
segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasida va 
uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini o’zlashtirishda juda qulay 
tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni 
rivojlantirishning ahamiyati 
beqiyosligini ko’rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal rivojlantirish 
masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat ko’rsatish 
sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini 
oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan.
2019 
yil 
yanvar-sentabr 
oylarida 
hududlar 
bo’yicha 
kichik 
tadbirkorlikdagi eksport (tovar, xizmat)larning jami eksportdagi eng ko’p ulushi 
Xorazm viloyati 91,5 %, va eng past ko’rsatkichni Qorakalpogiston 
Respublikasida - 19,6 % ni tashkil etdi. Jumladan, xususiy mulkni, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash yuzasidan qabul 
qilingan chora-tadbirlar dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida 2018 
yilning yanvar-iyunida 25,9 mingtadan ortiq kichik korxona va mikrofirmalar 
(fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga 
nisbatan 8,6 % ko’p demakdir. Eng ko’p kichik korxona va mikrofirmalar savdo 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


163 
sohasida (23,2 %), sanoat tarmog’ida (22,0 %), qurilish tarmog’ida (12,7 %), 
qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida (12,4 %), yashash va ovqatlanishda (7,7 %), 
tashish va saqlashda (3,9 %) tashkil etilgan. 2019 yilning yanvar-sentabrida 72,4 
mingtadan ortik kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon 
xo’jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 
martaga ko’p demakdir. Eng ko’p kichik korxona va mikrofirmalar savdo 
sohasida (38,6 %), sanoat tarmog’ida (21,8 %), qurilish tarmog’ida (10,0 %), 
qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida (7,5 %), yashash va ovqatlanish bo'yicha 
xizmatlar tarmog’ida (7,5 %), tashish va saqlashda (3,3 %) tashkil etilgan. 
Natijada, firmalar ichida ishlab chiqilgan qobiliyatlar raqobatbardosh 
ustunlikni va ish faoliyatini oshiradi. Umuman olganda, mazkur yo'nalishda olib 
borilayotgan samarali islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sohasining Kichik tadbirkorlik subyektlarining mamlakat yalpi ichki 
mahsulotidagi hissasi 57,2 foizgacha, sanoatda esa 34,5 foizgacha oshdi. Hozirgi 
kunga kelib iqtisodiyotda ish bilan band aholining 78 foizi mazkur sohada 
mehnat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
iqtisodiyotning o'zgarishlariga tez moslashuvchan soha sifatida ichki bozorni 
iste'mol tovarlari bilan to'ldirish, xizmat ko'rsatishning yangi va zamonaviy 
turlarini kengaytirish, eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb 
etmoqda.
Mamlakatda kichik biznes korxonalarini investitsiyalash va uning davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada yaxshilash yuzasidan quyidagi tavsiya 
va takliflarni amalga oshirish lozim: 
• kreditlar qaytarilishini kafolatlovchi davlat dasturini ishlab chiqish va shu 
asosda joylarda uning mexanizmini joriy etish; 
• banklarning investitsiya faoliyatini takomillashtirish, respublika eksport 
salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyalash uchun, xalqaro 
moliya bozoridan xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun operatsiyalarni 
kengaytirish;
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


164 
• kichik biznes loyihalarini amalga oshirishni banklar tomonidan nazorat va 
monitoring 
qilishni 
ta’minlash, 
shuningdek, 
bankning 
bu 
sohaga 
yo’naltiriladigan o’z investitsiyalarini ko’paytirish;


Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish