Ishlab chiqrishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida ta`sir etib kasallanishga yoki ish
qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Zararli omillarga neft’ mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg’isi bug’lari, pestitsidlar, mineral
o`g’itlar, chang, shovqin, titrash, tebranish), ish joyida namlikni ortishi yoki kuchli yoritilganligi,
iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi.
Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli va
xavfli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi.
SHikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta`sirlar natijasida inson organlari
yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |