2-Ma`ruza: Hayot faoliyat xavfsizligi fanining huquqiy me`yoriy va tashkiliy
asoslari
Reja:
1. Mehnat muhofazasi.
2. Atrof muhitni muhofazalash.
3. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar.
4. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik xodimlarning
javobgarligi.
5. Hayot faoliyat xavfsizligini taminlashni moliyalashtirish.
Tayanch so`zlar: mehnat muhofazasi, atrof muhit muhofazasi, sektor,
moliyalashtirish, tabiiy resurslar, yo`riqnoma.
Mehnat muhofazasi
Mehnat muhofazasi - huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va sanitariya me`yorlari
sistemasi bo`lib, mehnatkashlarni ishlash sharoiti va hayot xavfsizligini ta`minlaydi. Mehnat
muhofazasi hayot faoliyat xavfsizligi fanining mutaxassislikka tegishli asosiy qismini o`rganadi.
Aniq muammolar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari, bino va inshootlar uchun
xavfsizlikni taminlash har bir fanning mutaxassislik kursida beriladi.
Mehnat muhofazasining rivojlanishida ulug’ bobokolonlarimiz – Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va rus olimlaridan M.V.Lomonosov,
zamondoshlarimizdan
N.D.Zolotnitsskiy,
N.V.Solovyov,
D.A.Kelbert,
V.L.Gintillo,
M.I.Grimitlin, M.N.Nabiev, T.I.Iskandarov va boshqalarning hissalari kattadir.
1992 yilning 8-dekabrida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea bo`ldi. Hech bir davlat o`zining Asosiy qonunida
davlat va jamiyat qurilishining tamoyillarini, fuqaroning huquq va erkinliklarini, jamiyat
taraqqiyotining iqtisodiy asoslari hamda strategik yo`nalishlarini mustahkamlamasdan turib,
demokratik, huquqiy suveren davlat bo`la olmaydi. Respublikamiz konstitutsiyasi demokratik,
xalqaro miqyosda e`tibor berilgan me`yor va talablarga javob beradi deyishga to`la asosimiz bor.
Ish joylaridagi sharoit mehnat muhofazasiga taalluqli xalqaro standartlar talablariga javob
bergan holda mehnat xavfsiz va samarali bo`lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish va ijtimoiy barqarorlikni etarli emasligi ishchilarni ishlash
bo`yicha huquqlariga, ularning mehnatini muhofazalash, talab darajasidagi ish sharoitlarini
yaratishga oid muammolarni ko`payishiga sabab bo`ldi. Barcha hamdo`stlik mamlakatlaridagi
kabi O`zbekistonda ham so`ngi yillarda deyarli ko`pchilik xalq xo`jaligi sohalarida mehnat
sharoiti yomonlashuvi tendentsiyasi kuzatildi. Ishlab chiqarishda yangi tashkil etilayotgan
xususiy sektorlarning unumini ortishi bu sohadagi ko`rsatkichlarni yanada pasayishiga sabab
bo`ldi. Bunday ishlab chiqarishda band bo`lgan ishchilar mehnatini muhofazalash, ularga talab
darajasida mehnat sharoitini yaratish haqida ushbu soha mas`ullari turli sabablarga ko`ra
etarlicha e`tibor qarata olmayapti deb bo`lmaydi.
Ularning ayrimlari bu sohada etarli bilim va tajribaga ega bo`lmasa, ayrimlari bu haqda
umuman tushunchaga ega emas desak mubolag’a bo`lmaydi. CHunki, bunday ishlab chiqarish
sub`ektlarini chiqarish rahbarlar, ish yurituvchilar, ish boshilarining ichida o`rta ma`lumotli,
o`rta maxsus ma`lumotli rahbarlar ham etarli. Ba`zan mutaxassisliklari ishlab chiqarish
yo`nalishiga to`g’ri kelmaydigan xodimlar ham ular ichida uchrab turadi. YUqorida aytilgan
kamchiliklardan tashqari mutasaddi tashkilotlar tomonidan bunday ishlab chiqarish
korxonalarining faoliyatlari etarlicha, samarali nazorat qilinayapti deyish kiyin. Ishchilarni ishlab
chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligini taminlash bo`yicha asosiy me`yoriy qonunchilik
aktlarining qabul qilinishi bilan hozirgi vaqtda bu muammolar holat birmuncha ijobiy tomonga
o`zgarmoqda.
Xavfsiz mehnat qilish huquqi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 37-
moddasida mustahkamlab qo`yilgan.
Mehnat muhofazasi bo`yicha korxonalardagi, muassasalardagi asosiy qonunchilik aktlari
O`zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi, fuqarolik kodeksi va mehnatni muhofaza qilish
to`g’risidagi qonunlari hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-maydan kuchga kiritilgan Mehnatni muhofaza
qilish to`g’risidagi Qonuni ishchilar va ish beruvchilar o`rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga
oid munosabatlarni tartibga solishni huquqiy asoslarini belgilaydi.
O`zbekistonda birinchi marta ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlariga kirishayotgan
jismoniy shaxslarni mehnatini muhofazasi muammolarini aniq echimiga bog’liq har xil savollar
qonunchilik darajasida ko`rilmoqda. Bu qonunlar ish bajaruvchilarga ham ular bilan mehnat
munosabatlarida bo`ladigan ishlovchilarga ham, hamda ta`lim muassasalarini, ishlab chiqarish
amaliyotlarini o`tayotgan o`quvchi va talabalarga ham bir xilda ta`sirga egadir. Qonunchilik
mehnat munosabatlarida bo`lgan barcha ishtirokchilarni, ular hoh jismoniy, hoh huquqiy shaxs
bo`lishidan va qanday shaklda faoliyat yuritayotganidan qat`iy nazar mehnat muhofazasi
talablarini so`zsiz bajarilishi shart ekanligiga urg’u beradi.
Ushbu qonun ish beruvchilar va ishlovchilar munosabatidagi mehnat muhofazasi
sistemalari rolini aniqlaydi. Agar korxona va tashkilotda mehnat muhofazasi bo`yicha xizmat
yoki mutaxassis bo`lmasa, ish beruvchi mehnat muhofazasi bo`yicha xizmat ko`rsatadigan
mutaxassis yoki tashkilot bilan tegishli shartnomani tuzishi shart. Ish beruvchi ishlovchilarni
mehnat muhofazasi talablari bilan tanishtirishi va har bir ish joyida mehnat muhofazasi
talablariga mos keladigan sharoitni yaratishi, ish joylarini mehnat sharoiti bo`yicha
attestatsiyadan o`tkazishga burchlidir.
Ish beruvchi ishlovchi bilan mehnat shartnomasini tuzishda ishchini o`z hisobidan tibbiy
ko`rikdan o`tkazishi lozimligi qonunda belgilangan. Ish beruvchi ishchilarni faoliyati davomida
ham quyidagi hollarda tibbiy ko`rikdan o`tkazish ishlarini tashkil etishi shart:
1. 18 yoshga to`lmaganlar;
2. 60 yoshga to`lgan erkaklar, 55 yoshga to`lgan ayollar;
3. nogironlar;
4. mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan
bog’liq ishlarda band bo`lganlar;
5. oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq bo`lgan
boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo`lganlar;
6. umumta`lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bolalarga
ta`lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo`lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Tibbiy ko`riklardan o`tishdan bo`yin tovlashga xodim hakli emas. Tibbiy komissiyalarning
tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo`yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi
ishga qo`ymaslikka haqlidir.
Agar ishchining sog’ligi ish sharoitining salbiy ta`sirida yomonlashgan bo`lsa u navbatdan
tashqari tibbiy ko`rikdan o`tkazishni talab qilishga haqli.
Tibbiy ko`riklardan o`tkazish qayd etilgan hollarda korxona (ish beruvchi) mablag’i
hisobiga amalga oshiriladi.
Ish joylarida to`liq va zararsiz va xavfsiz ish sharoitini yaratish amalda mumkin emas. SHu
sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarinining
ishlovchilarga zararli ta`sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni
amalga oshirishdan, ishlovchilarni shikastlanishlarini oldini olishdan, yuqori mehnat
unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.