Bog'liq ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR
Issiqlik o׳tkazuvchanlik
Turli haroratlarga ega bo׳lgan jismlar yoki ularning ayrim qismlarini o׳zaro tegib turishi paytida yuz bergan issiqlik almashinishga issiqlik o׳tkazuvchanlik deb yuritiladi. Issiqlik o׳tkazuvchanlikning
mexanizmi jismlarning agregat holatiga bog`liq bo׳ladi. Suyuqliklar va qattiq jismlar-dielektriklarda
issiqlik o׳tkazuvchanlik yonma-yon joylashgan zarrachalar atom va molekulalarning issiqlik harakati
ta’sirida energiya almashinishiga asoslangan. Metallarda issiqlikning almashinishi asosan erkin
elektronlarning diffuziyasi orqali boradi. Gazlarda issiqlik o׳tkazuvchanlik molekula va atomlarning
o׳zaro to׳qnashuvi hamda ularning diffuziyasi ta’sirida yuz beradi.