Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

16-Ma’ruza 
 MAVZU: ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMALARI 
1.  Umumiy tushunchalar 
2.  Yuzali issiqlik almashgichlar 
3.  Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar 
4.  Regenerativ issiqlik almashgichlar. 
Xalq xo׳jaligining barcha sohalarida, xususan kimyo sanoatida, mahsulotlarni issiqlik ta’sirida qayta 
ishlash jarayonlari keng qo׳llaniladi. Bu jarayonlar quyidagi maqsadlarda olib boriladi: 
1) jarayon haroratini zarur darajada ushlab turish; 
2) sovuq mahsulotlarni isitish yoki issiq mahsulotlarni sovitish; 
3) bug`larni kondensatsiyalash; 
4) eritmalarni quyiltirish va hokazo. 
Bu jarayonlar issiqlik almashinish qurilmalarida amalga oshiriladi. 
Kimyo, neft kimyosi, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoatlari korxonalarida qo׳llaniladigan 
texnologik uskunalarning katta ulushini issiqlik almashinish qurilmalari tashkil qiladi. Kimyo sanoatida 
ishlatiladigan issiqlik qurilmalari umumiy uskunalarning o׳rtacha hisobda 15-18 foizini tashkil etsa, neft 
kimyosi va neftni qayta ishlash sanoatlarida esa bu raqam 50 foiziga teng, chunki kimyoviy 


 
68
 
texnologiyaning bir qator asosiy jarayonlari (bug`latish, rektifikatsiya, quritish va boshqalar) 
issiqlikning berilishi yoki o׳tkazishi bilan bog`liqdir. 
Sanoatda turli-tuman issiqlik almashinish qurilmalari qo׳llaniladi. Ish tamoyiliga ko׳ra issiqlik almashish 
qurilmalari uch turga bo׳linadi: 
1) yuzali issiqlik almashgichlar; 
2) aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar; 
3) regenerativ issiqlik almashgichlar. 
Yuzali issiqlik almashgichlarda
 issiqlik tashuvchi agentlar bir-biri bilan devor orqali ajratilgan va 
issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muhitdan ikkinchisiga ularni ajratuvchi devor orqali o׳tadi. 
Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o׳zaro bevosita uchrashuvi va aralashuvi 
natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi. 
Regenerativ issiqlik almashgichlarda
 qattiq jismdan tashkil topgan bir xil yuza navbat bilan turli issiqlik 
tashuvchi agentlar orqali kontaktda bo׳ladi. Qattiq jism unga tegib o׳tgan issiqlik tashuvchidan issiqlik 
olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o׳tganda esa qattiq jism o׳z issiqligini unga berib soviydi. 
Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi belgilarga ko׳ra sinflanadi. Konstruktiv tuzilish bo׳yicha 
quvurdan qilingan qurilmalar (qobiq-quvurli, "quvur ichida quvur", zmeevikli va boshqalar); issiqlik 
almashinish yuzasi listli materialdan tayyorlangan qurilmalar (plastinali, spiralsimon va boshqalar); 
issiqlik almashinish yuzani tayyorlashda nometall materiallar (grafit, plastmassa, shisha va hokazo) dan 
foydalanilgan qurilmalar; Ishlatilish maqsadiga ko׳ra sovitkichlar, isitkichlar, bug`latkichlar, 
kondensatorlar; Issiqlik tashuvchi agentlar harakatining yo׳nalishiga ko׳ra to׳g`ri, qarama-qarshi, 
kesishgan va hokazo yo׳nalishli qurilmalar. 
Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari har xil bo׳ladi. Issiqlik almashinish 
qurilmalari turlicha agregat holat (gaz, bug`, tomchili suyuqlik, emulsiya va hokazo), har xil harorat va 
bosim qiymatlari hamda ma’lum fizik-kimyoviy xossalariga ega bo׳lgan ish muhitlari uchun 
mo׳ljallangan bo׳ladi. Buning uchun ma’lum bir jarayonning haqiqiy ish holatiga ko׳ra tegishli issiqlik 
almashgich tanlab olinadi. 
                                    

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish