Ichi bo׳sh tolali qurilmalar.
34.4-rasmda membranasi ichi bo׳sh tolalardan tashkil topgan bir o׳ramli
qurilmaning sxemasi berilgan. Qurilmaning qobig`i ichiga bir o׳ramli ichi bo׳sh tolalar 5 joylashtirilgan.
Ichi bo׳sh tolalar spiralsimon ip yordamida bir o׳ram shakliga keltirilgan. Bunday qurilmada ajralayotgan
suyuqlikni nasos yordamida ichi bo׳sh tolalarning tashqi yuzasi bo׳yicha ham, ushbu tolalarning ichki
kapillyar kanallari bo׳yicha ham uzatish mumkin. Ichi bo׳sh tolali qurilmalar ixcham bo׳lib, ularni
tayyorlash uchun kam material sarflanadi. Biroq bunday qurilmalar bilan tarkibida muallaq holatdagi
zarrachalarni ushlagan eritmalarni ajratish mumkin emas.
159
Do'stlaringiz bilan baham: |