Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc


Ekstraktor va eritkichlarning tuzilishi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

 Ekstraktor va eritkichlarning tuzilishi
 
Qattiq jismlarni ekstraksiyalash va eritish jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan 
qurilmalarga quyidagi talablar qo׳yiladi: 
1)  qurilmaning ish hajmi birligiga to׳g`ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumi katta 
bo׳lishi kerak;  
2) hosil bo׳layotgan eritmaning konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo׳lishi zarur; 
3) oxirgi eritma hajmi birligiga to׳g`ri kelgan energiya sarfi kam bo׳lishi lozim. 
Ekstraktor va eritkichlar davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga bo׳linadi. Fazalarning o׳zaro 
yo׳nalishiga ko׳ra, ular to׳g`ri yo׳nalishli, qarama-qarshi yo׳nalishli va aralash yo׳nalishli qurilmalarga 
ajratiladi. Suyuqlikning qattiq zarrachalar atrofini aylanib o׳tish tezligini hosil qilish usuliga ko׳ra, 
o׳zgarmas qatlamli, mexanik aralashtirgichi bo׳lgan qatlamli va mavhum qaynash qatlamli qurilmalarga 
bo׳linadi. 
Davriy ishlaydigan qurilmalarning ish unumi kichik bo׳lganligi sababli ular kichik hajmli ishlab 
chiqarishlarda ishlatiladi. Sanoatda asosan uzluksiz ishlaydigan qurilmalardan keng foydalaniladi. 
Ekstraktorlar va eritkichlar prinsipial jihatdan bir-biridan farq qilmaydi. Agar qurilma qattiq jismlari 
ekstraksiyalash uchun ishlatilsa, ekstraktor deb ataladi, agarda bu qurilma qattiq moddalarni eritish 
uchun ishlatilsa, bu holda eritkich deb yuritiladi. 


 
145
 
Sanoatda qattiq jismlarni ekstraksiyalash uchun turli qurilmalar ishlatiladi. Ularni tanlashda qattiq 
fazaning turi (zarrachalarning o׳lchami va shakli) va hosil bo׳lgan ekstraktning konsentratsiyasi yoki 
materialdan mahsulotning chiqishi hisobga olinadi. 
Ayrim ishlab chiqarishlarda qo׳zg`almas qatlamli davriy ishlaydigan ekstraktorlar (diffuzorlar) 
ishlatiladi. Bunday diffuzorlarda qattiq material qo׳zg`almas qatlamli bo׳lib, erituvchi qurilmaning 
yuqorigi qismidan maxsus tarqatuvchi to׳siq orqali beriladi va qatlamdan filtrlanib o׳tadi. Qattiq jism 
tarkibidan tegishli komponent suyuqlik tarkibiga o׳tadi. Diffuzorning pastki qismida g`alvirsimon 
to׳siqlar joylashgan. Qattiq material qoldig`ini qurilmadan tushirish uchun pastki qopqoq va 
g`alvirsimon to׳siqlar qopqoqning o׳qi atrofida aylanadi. Uzluksiz ish texnologiyasini tashkil qilish 
uchun davriy ishlaydigan bir necha diffuzorlar (ularning soni 16 ta gacha boradi) ketma-ket bir-biriga 
ulanadi, bunda batareya hosil bo׳ladi. Erituvchi esa material yo׳nalishiga qarama-qarshi yo׳nalishda 
ketma-ket hamma qurilmalardan o׳tadi. Batareyada tegishli issiqlik rejimini tashkil qilish uchun qo׳shni 
diffuzorlar o׳rtasiga issiqlik almashinish qurilmalari joylashtiriladi. 
Pnevmatik aralashtirish usuli
 bilan ishlaydigan ekstraktorlar ham keng tarqalgan (32.2-rasm). Qattiq 
jism va suyuqlik 
 
                                    
 
32.2-rasm.Pnevmatik aralashtirgich                          32.3- rasm. Lentali ekstraktor.                                       
1-siqilgan havo kiruvchi patrubka,                     
2-to`siqlar, 3-qobiq            
 


 
146
 
 
aralashmasi (suspenziya) qurilmaning pastki qismidan beriladi. Sirkulyatsiya quvuriga siqilgan havo 
berib aralashmaning qurilmada yaxshi aralashuvini ta’minlash mumkin. Pnevmatik aralashtirgichli 
qurilmalarni davriy va uzluksiz ishlaydigan texnologik jarayonlarda ishlatish mumkin. 
32.3-rasmda uzluksiz ishlaydigan lentali ekstraktor ko׳rsatilgan. Qattiq jism qatlami ma’lum balandlik 
bilan lentali transportyorning ustida harakat qiladi, bunday ekstraktor bir necha qismlarga bo׳linadi. 
Toza erituvchi (ekstragent) chap tomondagi sochib beruvchi taqsimlagichga uzatiladi, u harakat qilib 
turadigan qatlamdan o׳tadi va to׳yinmagan eritma sifatida qabul qiluvchi idishga tushadi. Bu 
to׳yinmagan eritma nasos yordamida qurilmaning oldingi qismiga sochib beruvchi qurilma orqali 
uzatiladi va sikiladi shu tarzda takrorlanaveradi. Shunday qilib, qurilmaning ayrim qismlarida suyuqlik 
fazasi qattiq fazaga nisbatan perpendikulyar yo׳nalishda beriladi, umuman olganda esa fazalar bir-biriga 
nisbatan qarama-qarshi yo׳nalishda harakat qiladi. Ekstraktorning o׳ng tomonidagi birinchi qismidan 
to׳yingan eritma (ekstrakt) ajratib olinadi. 
 
 
 
 
 
32.4- rasm. Quvursimon ekstraktor   
 
32.5-rasm.
 Mavhum qaynash qatlamli ekstraktor: 
1 — kolonna; 2 — erituvchi kiradigan shtutser; 3 — taqsimlagich; 4 — halqasimon tarnov; 5 — 
ekstrakt chiqadigan shtutser; 6 — qattiq jism qoldig`i chiqadigan shtutser; 7 — qattiq jism beriladigan 
quvur

 
Mavhum qaynash qatlamli
  qurilmalarda qattiq zarrachalarning hamma yuzasi butun jarayon davomida 
turbulent oqimli suyuqlik bilan o׳zaro kontaktda bo׳ladi, natijada ekstraksiyalash yoki eritish jarayoni 
ancha tezlashadi. 32.4-rasmda quvursimon ekstraktorning sxemasi ko׳rsatilgan. Bu ekstraktor ketma-ket 
ulangan bir necha quvurlardan tashkil topgan. Ekstraktorga qattiq jism mayda zarrachalar shaklida 
beriladi. Qattiq jism va suyulik aralashmasi nasos yordamida quvurlarga yuboriladi. Jarayonni yuqori 
haroratda olib borish uchun quvurlarga bug` g`ilofi o׳rnatiladi. Nasos to׳xtab qolgan sharoitda 
sistemadagi qattiq jism zarrachalarini yuvib yuborish uchun yuqorida joylashgan idishdan quvurlarga 
suv beriladi. 
Mavhum qaynash qatlamli kolonnali ekstraktorning ko׳rinishi 32.5-rasmda ko׳rsatilgan. Silindrsimon 
kolonnaning pastki qismidan erituvchi ma’lum kritik tezlik bilan beriladi, natijada to׳rning ustida qattiq 
jismning mayda zarrachalari mavhum qaynash holatiga keladi. Qattiq faza qurilmaning yuqorigi 


 
147
 
qismidan yuklash quvuri orqali to׳g`ridan-to׳g`ri mavhum qaynash qatlamiga beriladi. Mavhum qaynash 
qatlamining balandligi bir necha metrga teng. Qattiq va suyuq fazaning o׳zaro ta’siri natijasida hosil 
bo׳layotgan ekstraktning konsentratsiyasi kolonnaning yuqorisiga ko׳tarilgan sari ortib boradi. Yuqori 
konsentratsiyali ekstrakt kolonnaning kengaygan qismi orqali halqasimon tarnovga tushadi va so׳ngra 
qurilmadan tashqariga chiqariladi. Qattiq jism qoldig`i torning teparog`ida joylashgan shtutser orqali 
uzluksiz ravishda ekstraktordan chiqarib turiladi. 
Mavhum qaynash qatlamli qurilmalarning tuzilishi oddiy va massasi kichik. Bunday ekstraktorlarda 
jarayonning tezligi ancha katta, qattiq jismdan kerakli komponentning ajralib chiqish darajasi ham 
ancha yuqori bo׳ladi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish