Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

 
34-Ma’ruza 
 Mavzu:  
MEMBRANA ORQALI MODDA ALMASHINISH 
 
1. Membrana orqali modda almashinish haqida umumiy tushuncha
2. Membranalarning asosiy turlari 
3. Membranali jarayonlarning fizik xossalari 
4. Membranali qurilmalar. 
  
Xalq xo׳jaligining ko׳pchilik sohalarida suyuq va gazsimon aralashmalarni ajratish uchun haydash, 
rektifikatsiya, ekstraksiya, adsorbsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Biroq aralashmalami 
ajratishda eng universal usul hisoblangan membranali usulni qo׳llash yaxshi samara berishi mumkin. Bu 


 
154
 
usulning mohiyati yarim o׳tkazuvchan membranalar orqali modda o׳tkazish jarayonini tashkil etishdan 
iborat. 
Hozirgi paytda membranali usul turli maqsadlar uchun ishlatilmoqda: 
1) kimyo va neft kimyosi sanoatida-azeotrop aralashmalarni ajratish, eritmalarni tozalash va 
quyiqlashtirish, eritmalardagi tarkibida kichik molekulali komponentlarni ushlagan yuqori molekulali 
birikmalarni tozalash yoki ajratib olish va hokazo; 
2) biotexnologiya va tibbiyot sanoatida-biologik faol moddalar, voksinalar, fermentlar va shu kabi 
boshqa birikmalarni ajratish va tozalash; 
3) oziq-ovqat sanoatida meva va sabzavot sharbatlari, sutni quyuqlashtirish, yuqori sifatli qandni olish 
va hokazo. 
Membranali jarayonlar, ayniqsa suv va suvli eritmalarni qayta ishlash hamda oqava suvlarni tozalashda 
keng qo׳llanilmoqda. 
Keyingi yillari membranali jarayonlar gaz aralashmalarini ajratishda ham ishlatilmoqda. Masalan, 
havodan kislorodni ajratib olish, kislorod bilan to׳yingan havoni olish, tabiiy gazdan geliy va SO
2
 ni 
ajratib olish kabi jarayonlarga membranali usulni qo׳llash yaxshi samara bermoqda. 
Sanoatning turli sohalarida qo׳llanilayotgan ajratishning membranali usullari quyidagi turlarga bo׳linadi: 
teskari osmos, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash, dializ, elektrodializ, membrana orqali bug`latish, 
membranali distillash, elektroosmofiltrlash, membrana yordamida gazlarni ajratish. Ushbu 
jarayonlarning barchasida ajralayotgan aralashma yarim o׳tkazuvchan membrana bilan kontaktda 
bo׳ladi. 
Harakatlantiruvchi kuchning turiga ko׳ra membranali jarayonlar quyidagicha sinflanadi: 
1) harakatlantiruvchi kuch sifatida bosim gradienti ishlatilganda baro-membranali jarayonlar (teskari 
osmos, manofiltrlash, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash); 
2) harakatlantiruvchi kuch sifatida konsentratsiya gradienti qabul qilinganda. Diffuzion-membranali 
jarayonlar (dializ, membrana orqali bug`lanish, membrana yordamida gazlarni ajratish va boshqalar); 
3) harakatlantiruvchi kuch sifatida elektr potensiali qo׳llanilganda elektromembranali jarayonlar 
(elektrodializ, elektroosmos va boshqalar); 
4) harakatlantiruvchi kuch — harorat gradienti bo׳lsa termo-membranali jarayonlar (membranali 
distillash va boshqalar). 
Ba’zi bir membranali jarayonlarda ikki yoki uch xil harakatlantiruvchi kuchlar birga bo׳lishi mumkin. 
Membaranadan o׳tgan mahsulot permeat deb ataladi, ajralayotgan aralashmaning membrana oldida 
qolgan qismi retant (ayrim paytlarda konsentrat) deb yuritiladi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish