Bank krediti / Bank loans / Банковские кредиты
– banklarning mijozlarga vaqtinchalik
foydalanish uchun kapital berishi. Banklar qaytarishlik, bank foizi to’lova va muddatlilik shartlarida o’z
mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan kreditlari beradi. Turli ssudalar (savdo-sotiq, ko’chmas
mulkni garovga oilsh, asosiy kapitalni kengaytirish va boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari bor.
Bank foiz stavkasi
/
The bank`s interest rate / Процентная ставка банка
- banki ssudasidan
foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning
miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog’liq. Tijorat va davlat banklari
Markaziy (milliy) Bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan bank foiz stavkasi qarzning qaysi
tarzda va qanday berilishiga ham bog’liq. Uzoq muddatli qarzning bank foiz stavkasi past, qisqa
muddatlisiniki yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |