Oʻgʻit elash elagining diametri 1.0m, uzunligi 4,0m va elak teshigining diametri 10mm hamda
elakning gorizontga nisbatan ogʻish burchigi 20 gradusni tashkil etadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Maʻdanli oʻgʻitlar va ularga qanday standartlar qoʻyiladi?
2. Pestisidlar nima va unga qoʻyilgan standart talabi?
6-Mavzu: Gʻalla ekinlarini yetishtirishda sifatni boshqarish jarayonlari.
Reja:
1. Gʻalla ekinlarining xalq xoʻjaligidagi ahamiyati.
2. Bugʻdoydagi maʻdanli moddalar, vitaminlar, oqsil va kleykovina miqdori.
3. Gʻalla ekinlarining kimyoviy tarkibi, fizikaviy xossalari.
4. Qattiq va yumshoq bugʻdoy standart koʻrsatkichlari. Gʻalla sifatiga taʻsir etuvchi omillar.
1. Gʻalla ekinlarining xalq xoʻjaligidagi ahamiyati.
2. Don va dukkakli don oʻsimlaklarni standartlash.
3. Javdar standartlari. Arpa standartlari, pivo pishirish uchun ishlatiladigan arpaning meʻyoriy sifat
koʻrsatkichlari.
4. Suli, makkajoʻxori va sholi standartlari.
1. Gʻalla ekinlarining xalq xoʻjaligidagi ahamiyati. Oziq-ovqat ekini sifatida bugʻdoyning
oʻrni.
Gʻallachilik oʻsimlikchilikning yetakchi tarmogʻi hisoblanadi va aloxida xalq xoʻjaligi
axamiyatiga ega. Oʻzbekiston aholisi isteʻmol etadigan oziq-ovqatlarning katta kalloriya hamda oqsil
hisobida olingan don maxsulotlarining hissasi 50-60 foizni tashkil etadi. Respublikada aholi jon
boshiga non, vermishel, makaron, guruch, mosh, noʻxat, loviya va boshqa gʻalla maxsulotlaridan
tibbiy meʻyorlarga nisbatan koʻproq isteʻmol qilinadi. Ozuqabop donlardan, chorvador olimlar
tomonidan aniqlangan meʻyorlarda, oziqlantirish zotli chorva mollari potensial maxsuldorligi
imkoniyatlaridan toʻlaroq foydalanishga sharoit yaratadi. Don oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo
hisoblanadi va uning rivojlanish darajasiga bevosita taʻsir koʻrsatadi.
Gʻallachilikning qoʻshimcha maxsulotlari (somon, poxol, poya va x.k.)dan chorva ozuqasi,
toʻshama organik oʻgʻit, qogʻoz va boshqa sanoat tarmoqlarida xom ashyo sifatida foydalanish ham
yuqori iqtisodiy samara beradi. Donchilikning asosiy va qoʻshimcha maxsulotlarini koʻpaytirish va
sotishni tashkil etish mamlakatning sotsial-iqtisodiy rivojlanishi hamda axolini arzon oziq-ovqat va
boshqa maxsulotlar bilan taʻminlash uchun qulay sharoit yaratadi. Oʻzbekistonda 2002 yilda tashkil
topgan chakana baholarda 1 kg yumshoq bugʻdoydan tayyorlangan1,2 kg I nav non maxsulotini
sotishdan 220 soʻm pul tushumi olinadi. Bundan tashqari kepak va somon maxsulotlaridan 40-50
soʻmga yakin pul olinadi. Demak 1 kg bugʻdoydan olingan asosiy va qoʻshimcha maxsulotlarning
qiymati 260-270 soʻmga tengdir. Oʻzbekiston iqlim sharoitida kuzgi gʻalla ekilgan maydonlarda
ikkinchi ekin (chorva ozuqasi, kartoshka va sabzavot)lardan maxsulotlar olish mumkin.
Demak, gʻallachilikni intensiv rivojlantirish yer, suv va boshqa resurslar potensialidan samarali
foydalanishga sharoit yaratadi. Ammo, ayrim tarixiy davrlarda Oʻzbekistonda gʻallachilikning
rivojlanish darajasi bozor iqtisodiyoti hamda mustaqil rivojlanish talablariga toʻlaroq javob
bermagan.
Do'stlaringiz bilan baham: