Foydalilik nazorati turli mahsulotlar, hududlar, isteʻmolchilar guruhlari, tovar harakati
kanallarining foydaliligini taʻminlash maqsadida baholash va oʻzgartiruvchi xatti-harakatlarni amalga
oshirishdan iborat.
Amalda marketing samaradorligi nazorati marketing kompleksining alohida elementlari
jihatidan amalga oshiriladi, yaʻni mahsulot, narx, mahsulotni siljitish va mahsulotni isteʻmolchiga
yetkazib berish. Mahsulot siyosati nazorati doirasida isteʻmolchilar nuqtai nazaridan alohida
mahsulotlarning xususiyatlari, ularning markirovkasi va oʻramining sifati baholanadi. Narx
isteʻmolchilar va savdo vositachilari nuqtai nazaridan tahlil qilinadi, raqobatchilarning narxlari bilan
solishtiriladi.
Mahsulotlarni siljitish sohasida nazorat reklama kompaniyalari va mahsulotlarni siljitish
kompleksi boshqa elementlarining samaradorligini baholashdan iborat (savdo va isteʻmolchilarni
ragʻbatlantirish, yarmarka va koʻrgazmalarni oʻtkazish va hokazo).
Mahsulotni isteʻmolchiga yetkazib berish jarayonini nazorat qilish ikki qismga boʻlinadi: 1)
alohida tovar sotish kanallari harakatining samaradorligini baholash; 2) sotish xizmati ishining
samaradorligini baholash.
Marketing faoliyatining samaradorligi darajasi faqatgina joriy faoliyat natijalari bilan belgilanib
qolmaydi. Yuqori samaradorlik shu bilan belgilanishi mumkinki, tashkilot savodli va
muvofiqlashtirilgan holda strategak yoʻnalishda marketingni amalga oshiradi. Shuning uchun koʻp
korxonalar marketing faoliyatining umumiy samaradorligini muntazam ravishda baholab boradilar.
Bunda ikki qurol qoʻllaniladi: korxona rahbarlarini anketa soʻroviga tortish va marketing auditi
asosida har tomonlama baholashni oʻtkazish.
Mazkur holda marketingning strategik samaradorligini belgilaydigan yoʻnalishlarni ajratib
koʻrsatadilar: isteʻmolchilarga yoʻnalganlik, marketingning tashkiliy integrasiyalashuvi darajasi,
marketing axborotining adekvatligi, strategik yoʻnalganlik, joriy marketing faoliyatini boshqarish
samaradorligi.
Bunda gʻarb amaliyotida keng tarqalgan SWOT — korxona faoliyatining tahlili (quyidagi
soʻzlarning bosh harflaridan olingan qisqa nom: Afzalliklar va Kamchiliklar, korxona uchun
Imkoniyatlar va Tahdidlar) tavsiya etilishi mumkin. U chizma shaklida 2-chizmada koʻrsatilgan.
Afzalliklar va Kamchiliklarni baholashda asosiy eʻtibor korxonaning ichki omillariga,
Imkoniyatlar va Tahdidlarni baholaganda esa tashqi muhitni belgilaydigan omillarga qaratiladi.
Korxonaning ichki omillari undan tashqarida yuzaga keladigan isteʻmolchilar, taʻminotchilar,
raqobatchilar, aloqador auditoriyalar va jamoatchilik fikri bilan bogʻliq boʻlgan muammolarga
qaraganda osonroq aniqlanadi.
T
a
’s
ir
ni
ng
k
u
chs
iz
la
n
is
hi
A
fz
al
li
k
k
a
a
y
la
n
is
hi
SWOT-
таҳлил
O`stirish
O
`s
ti
ri
sh
Imkoniyatlar
Kamchiliklar
(
Kuchsiz tomonlar
)
Afzalliklar
(Kuchli tomonlar)
Bozordagi tahdidlar
Do'stlaringiz bilan baham: |