Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

3.  Marketing nazorati va turlari. 
 
Marketing  nazorati  —  bu  marketing  strategiyalari  va  rejalarining  natijalarini  oʻlchash  va 
baholash,  marketing  maqsadlariga  erishishni  taʻminlovchi  oʻzgartiruvchi  harakatlarni  bajarish 
boʻyicha tadbirlar kompleksiga aytiladi. 
Korxonalar faoliyati amaliyotida asosan nazoratning quyidagi turlari qoʻllaniladi: -yillik rejalar 
nazorati, daromadlilik nazorati, samaradorlik nazorati va strategik nazorat (1-jadval). 
 
1-jadval 
Marketing nazorati turlari 
Nazorat turi 
Asosiy javobgarlik 
Nazoratning 
maqsadi 
Mazmuni 
1. Yillik rejaning 
nazorati 
Oliy va oʻrta 
darajadagi 
rahbariyat 
Rejalashtirilgan 
natijalar 
erishilganligini 
tekshirish 
Sotish hajmining tahlili.  Bozor 
ulushining  tahlili. Sotish hajmining 
xarajatlarga nisbatining tahlili. 
Isteʻmolchilar fikrining tahlili 
2. Samaradorlik 
nazorati 
Marketing 
faoliyatining 
nazoratchisi 
Kompaniya qayerda 
pulni qoʻlga kiritib, 
qayerda 
yoʻqotayotganini 
tekshirish 
Mahsulotlar, hududlar, 
isteʻmolchilar, savdo kanallari va 
hokazolar jixatidan foydalilikni 
aniqlash 
3. Daromadlilik 
nazorati 
Chiziqli va shtab 
xizmatlarining 
rahbarlari. 
Marketing 
faoliyatining 
nazoratchisi 
Marketing 
faoliyatining 
samaradorligini 
baholash va oshirish 
Sotuvchilar  ishi, reklama,  savdoni, 
taqsimotni ragʻbatlantirishning 
samaradorligini tahlil qilish 
4. Strategik 
nazorat 
Oliy raxbariyat, 
marketing 
auditorlari 
Kompaniya bozor-
lar, mahsulot-lar va 
kanallar-ga nisbatan 
oʻz imkoniyatlarl-
dan yaxshi 
foydalanmoqdami 
Marketing faoliyati 
samaradorligining tahlili, marketing  
faoliyatining  auditorlik nazorati 
Yillik  rejalar  sotilishlar  hajmlari,  bozor  ulushi,  marketing  xarajatlari  va  sotilishlar  hajmi 
oʻrtasidagi  nisbat,  moliya  tahlili  yordamida  nazorat  qilinadi.  Shu  bilan  bir  qatorda  korxonaning 
tovarlari haqidagi isteʻmolchilar fikri ham oʻrganiladi. 
Sotilishlarning tahlili turli mahsulotlarning turli bozorlarda haqiqiy sotilish hajmini bu sohada 
qoʻyilgan vazifalarga nisbatini oʻlchash va baholash maqsadida amalga oshiriladi. Bozor ulushining 
tahlili  korxonaning  raqobatchilarga  nisbatan  bozordagi  holatini  aniqlash  maqsadida  amalga 
oshiriladi. 
Marketing xarajatlari va sotilishlar hajmi xarajatlari quyidagi koʻrsatkichlardan iborat: savdo 
agentlari  faoliyatining  xarajatlari  sotilishlar  hajmiga  nisbati;  reklama  xarajatlarining  sotilishlar 
hajmiga nisbati; sotishni ragʻbatlantirish xarajatlarining sotilishlar hajmiga va sotish boʻlimlarining 
maʻmuriy xarajatlari sotilishlar hajmiga nisbati. Marketing xarajatlari va sotilishlar hajmi oʻrtasidagi 
munosabatni  tahlil  qilish  haqida  gapirsak,  u  korxonaga  marketing  xarajatlarining  samaradorligini 
baholashga va ularning eng qulay kattaligini aniqlashga imkon beradi. 
Tahlilning miqdor turlari bilan bir vaqtda sifat oʻlchashlarni ham olib borish kerak. Ularning 
natijalari rahbariyatni sotilishlar hajmida roʻy berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida ogoh 
etishi  mumkin.  Gap  isteʻmolchilar,  dilerlar  va  bozorning  boshqa  subyektlarining  fikri  va 


munosabatini oʻrganish haqida bormoqda. Bunda isteʻmolchilarning ogʻzaki va yozma shikoyatlari 
sinchiklab  oʻrganiladi,  maxsus  isteʻmolchilar  panellari  tuziladi,  isteʻmolchilarning  qisqa  muddatli 
tadqiqotlari olib boriladi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish