Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

1-chizma. Marketingni vazifalari. 
 
Marketing  yoki  tadbirkorlik  faoliyati  anik  natijaga  erishish  maqsadida  amalga  oshiriladi. 
Marketingni  asosiy  maqsadlari  firmaning  asosiy  maqsadlari  bilan  oʻzaro  aloqadordir.  Firmaning 
asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: 
•  bozorni egallash; 
•  rentabellik; 
•  moliyaviy barqarorlik; 
•  ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini taʻminlash; 
•  bozordagi mavjud va prestijni tashkil etish va mustahkamlash. 
 
 
Marketing 
Mahsulotlarni sotish 
Mahsulotlarni ishlab 
chiqarish 

Sifat 

Xarajatlar 

Qo`yiladigan 
talablar 
Bozorga o`tkazish 
choralari 

Sotuvni tashkil 
etish 

Savdо 

Reklama 
 
Bozorni o`rganish 

Talab 

Taklif 
 


4.  Marketingning asosiy maqsadi 
 
Marketing  maqsadlarini  uzoq  muddatli  va  qisqa  muddatli  turlarga  boʻlish  mumkin.  Ular 
iqtisodiy koʻrsatkichlar va firmaning oʻxshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqyei 
bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi boʻlib inson ehtiyojlarini qondirishdan 
iborat ekanligini hisobga olgan holda, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» degan savolga 
umumlashgan tarzda toʻrtta muqobil javob mavjud: 
1. Maksimal yuqori isteʻmolga erishish. 
2. Isteʻmolchilarning maksimal qondirilishiga erishish. 
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini taʻminlash. 
4. Hayot sifatini maksimal koʻtarish. 
Mumkin  boʻlgan  maksimal  yuqori  isteʻmolga  erishish.  Koʻpchilik  rahbarlar  marketingning 
maqsadi  -  ishlab  chiqarishning  maksimal  oʻsishi  va  korxonaning  boyishida  asosiy  omil  yuqori 
isteʻmolga erishishni ragʻbatlantirishda deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha 
koʻp sotib olsa va qancha koʻp isteʻmol qilishsa, shuncha baxtli boʻladilar degan maʻnoni anglatadi. 
Lekin,  baʻzi  bir  kishilar  moddiy  boyliklar  massasining  ortishi  katta  baxtga  erishishdan  dalolatdir 
degan  fikrga  shubha  bilan  qaraydilar.  Demak,  marketingning  maqsadi  faqat  mumkin  boʻlgan 
maksimal isteʻmolga erishishdangina iborat emas ekan. 
  Isteʻmolchilarning  talabining  maksimal  qondirilishiga  erishish.  Bu  nuqtai  nazarga  muvofiq 
marketing  tizimining  asosiy  maqsadi  mumkin  boʻlgan maksimal  yuqori  isteʻmolga  erishish  emas, 
balki isteʻmolchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi isteʻmoli 
koʻp  boʻlsada,  u  biron-bir  ahamiyatga  ega  boʻlmasligi  mumkin.  Ularning  ahamiyatliligi,  tovar 
massasining koʻpligi bilan emas, balki bu tovar massalarining qanchalik darajada isteʻmolchilarning 
talabini qondira olishi bilan oʻlchanadi. Afsuski, isteʻmolchilarning talabining qondirilish darajasini 
oʻrganish to hozirgi kungacha muammoligicha qolmoqda. 
  Isteʻmolchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Baʻzi bir bozor 
mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal taʻminlash va 
isteʻmolchilarning  keng  assortimentdagi  tovarlarni  tanlashiga  imkoniyat  yaratishdan  iboratdir  deb 
hisoblaydilar.  Tizimning  maqsadi  isteʻmolchining  talabiga  toʻliq  mos  keladigan  tovarni  topishiga 
yordam berishdan iborat boʻlishi kerak. 
  Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Koʻpchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy 
maqsadi  aholi  “turmush  darajasining  sifati”ni  yaxshilashdan  iborat  deb  biladilar.  Bu  tushuncha 
quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi; 
2) mehnatga haq toʻlash darajasi; 
3) madaniy muhitning sifati va boshqalar. 
Marketing  maqsadlari  firma  maqsadlariga  erishish  quroli  boʻlib  hisoblanadi.  Marketingni 
qoʻllaydigan  firmaning  asosiy  umumlashgan  maqsadi  va  vazifasini  Filipp  Kotler  quyidagicha 
taʻriflaydi: 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish