4. Marketingning asosiy maqsadi
Marketing
maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga boʻlish mumkin. Ular
iqtisodiy koʻrsatkichlar va firmaning oʻxshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqyei
bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi boʻlib inson ehtiyojlarini qondirishdan
iborat ekanligini hisobga olgan holda, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» degan savolga
umumlashgan tarzda toʻrtta muqobil javob mavjud:
1. Maksimal yuqori isteʻmolga erishish.
2. Isteʻmolchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini taʻminlash.
4. Hayot sifatini maksimal koʻtarish.
Mumkin boʻlgan maksimal yuqori isteʻmolga erishish. Koʻpchilik rahbarlar marketingning
maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal oʻsishi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori
isteʻmolga erishishni ragʻbatlantirishda deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha
koʻp sotib olsa va qancha koʻp isteʻmol qilishsa, shuncha baxtli boʻladilar degan maʻnoni anglatadi.
Lekin, baʻzi bir kishilar moddiy boyliklar massasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir
degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat mumkin boʻlgan
maksimal isteʻmolga erishishdangina iborat emas ekan.
Isteʻmolchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai nazarga muvofiq
marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin boʻlgan maksimal yuqori isteʻmolga erishish emas,
balki isteʻmolchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi isteʻmoli
koʻp boʻlsada, u biron-bir ahamiyatga ega boʻlmasligi mumkin. Ularning ahamiyatliligi, tovar
massasining koʻpligi bilan emas, balki bu tovar massalarining qanchalik darajada isteʻmolchilarning
talabini qondira olishi bilan oʻlchanadi. Afsuski, isteʻmolchilarning talabining qondirilish darajasini
oʻrganish to hozirgi kungacha muammoligicha qolmoqda.
Isteʻmolchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Baʻzi bir bozor
mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal taʻminlash va
isteʻmolchilarning keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb
hisoblaydilar. Tizimning maqsadi isteʻmolchining talabiga toʻliq mos keladigan tovarni topishiga
yordam berishdan iborat boʻlishi kerak.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Koʻpchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy
maqsadi aholi “turmush darajasining sifati”ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;
2) mehnatga haq toʻlash darajasi;
3) madaniy muhitning sifati va boshqalar.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli boʻlib hisoblanadi. Marketingni
qoʻllaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler quyidagicha
taʻriflaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: