5. Talabning holati va rivojlanishiga koʻra marketingning turlari.
Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyati xususiyatlaridan, uning ichki
imkoniyatlari va tashqi shartsharoitlaridan kelib chiqadi. Bu yerda marketing va boshqa hamma oraliq
faoliyat turlarining qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun yagona yoʻnaltiriladigan jarayonga
birlashishi sodir boʻladi, bu esa oʻz navbatida turli xil marketing turlarining harakatlanishini belgilab
beradi.
Yetakchi mualliflarning ishlarini oʻrganib chiqib, rossiyalik tadqiqotchi R.A.Fatxutdinov
marketing turlarini faoliyat sohasi va turi, bozorning rivojlanish darajasi va boshqa omillarga bogʻliq
hodda tasniflash zarur degan fikrga keladi (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |