282
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI SIFATI VA MARKETING FANIDAN
GLOSSARIY
Absolyut ehtiyoj — umuman kishilar tasavvur qilishi mumkin bo‘lgan ehtiyoj, u cheksizdir.
Abstrakt ehtiyoj — kishilarda hali aniq tasavvur shaklini olmagan, noaniq, mavhumlik harakteriga
ega bo‘lgan orzuhavaslar ko‘rinishidagi ehtiyoj.
Aksiya nazorat paketi — shirkat jamiyatiga rahbarlik qilish uchun hal qiluvchi ovoz sonini beruvchi
aksiyalar miqdori. -rasmiy ravishda bu paket ellik foiz plyus bir aksiyani tashkil etishi kerak, amalda
esa 15—20 foiz va undan ham kam aksiyalarga ega bo‘lish yetarli.
Antimonopol siyosat — iqtisodiyotni yakka hukmronlikdan xalos etish va monopoliyalarni cheklab
qo‘yishga yo‘naltirilgan davlat siyosati.
An’anaviy marketing tizimi — tovar tarqatish ishtirokchilarining to‘la mustaqilligiga asoslangan
kanal.
Do'stlaringiz bilan baham: