281
Firma yangi mahsulot ustida ish olib borayotgan boʻlib, uni kelasi yildan boshlab ishlab
chiqarishni rejalashtirmoqda. Bozorni, firmaning ishlab chiqarish va moliyaviy salohiyatlarini tadqiq
qilish shuni koʻrsatadiki, mahsulot birligining tannarxi 78 dollardan yuqori boʻladigan boʻlsa, bu
holda mahsulotni ishlab chiqarish uchun firmaning oʻz ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq emas; mahsulot tannarzi 72-78 dollar atrofida boʻlsa, mahsulotni tajriba sifatida
ishlab chiqarish muljallangan; mahsulot tannarxi 68 dollardan past boʻladigan boʻlsa, uni toʻliq ishlab
chiqarishga kiritish mumkin. Kelgusidagi ishlab chiqarish xarajatlarini eng toʻliq aniqlash maqsadida
6ta mustaqil ekspert tadqiqot oʻtkazdi hamda ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulot birligi
tannarxini quyidagicha baholadi: 74, 72, 89, 66, 71, 78 doll.
Topshiriq:
a) bashorat qilinayotgan ekspert baholar ketma-ketligini koʻrib chiqishnining taqsimot
qonuniyatlariga boʻysunishini asoslab bering;
b) qabul qilinishi mumkin boʻlgan qarorlarning har bir variantida erishish mumkin boʻlgan
muvaffaqiyatni hisoblab chiqing;
v) mahsulot chiqarishni tezlatishga imkon berishi mumkin boʻlgan marketing tadqiqotlarini
tashkil etish boʻyicha marketing tadbirlarini taklif eting.
Masalani yechishda ehtimoliy-statistika usulidan foydalanish tavsiya qilinadi.
3-Topshiriq.
Korxona bozorga yangi kosmetika mahsulotini chiqarishni moʻljalladi. Oʻzgaruvchan
xarajatlar bitta mahsulotga 30 ming sumni tashkil etdi, shu davr uchun doimiy xarajatlar - 120 mln.
Sum. Bozorni tadkik kilish natijalari shunga olib keldiki, bir birlik mahsulot 60 ming sum bilan
sotiladi. Shular asosida:
a) qanday sotish hajmida optimal foydaga erishiladi?
b) 6000 dona sotish hajmida foyda qanday usadi?
v) Marketing boʻlimi kushimcha choralarni utkazishni taklif etdi, ya`ni byudjetga
(moliyalashtirishga) 30 mln. sumni talab qiladi. Minimal foydani ta`minlash uchun 60 000 donaga
karshi sotish hajmini kanchaga oshirish zarur?
4-Topshiriq.
Bozorda mahsulotni umumiy oboroti 14 mlrd. sumni tashkil etdi. Korxona oboroti umumiy
oborotda - 5 mlrd. sumdir. Bozorni tadkik kilish natijalari shuni koʻrsatdiki, ushbu bozorda, agar
potensial xaridorlarni kizikishi bulsa, oborotni 20 mlrd. sumga kutarish mumkin.
Savollar:
a) Bozorda ushbu korxonaning ulushi qanday?
b) Korxonani sotish potensiali, bozor potensiali, bozor sigimi, hajmi qanday?
v) Qanday bozor potensiali foydalanib boʻlingan?
Do'stlaringiz bilan baham: