Korporativ reklama - aniq bir tovar markasiga emas, balki to‘liq tovarlar assortimentiga ehtiyoj
yaratuvchi reklama.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan mikromuhitga ta’sir
ko‘rsatuvchi kuchlarga qaraganda keng ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy,
texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Maqsadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida tanlangan, marketing
xarajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy ulushini
(qismini) ta’minlovchi bozor.
Do'stlaringiz bilan baham: |